«Malika»da sotilayotgan Honor 6A hamda Honor 6C modellarining texnik xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  5089
  •  23.11.2017 12:28

«Malika»da sotilayotgan Honor 6A hamda Honor 6C modellarining texnik xususiyatlari

Huawei jahonning ilg‘or smartfonsozlaridan biri ekanini o‘zining oxirgi taqdim etgan flagmanlari bilan amalda isbotlab berdi. Masalan, uning o‘zi ishlab chiqqan Kirin 970 protsessorida alohida NPU (Neural Processing Unit) deb nomlangan blok mavjud. Bu qismga joriy qilingan «sun’iy idrok» texnologiyasi yordamida smartfon «aqlli mashina»ga aylanadi va qator ilg‘or funksiyalarni bajaradi.

O‘QING: Huawei «sun’iy ong»li Mate 10 flagmanlarini taqdim qildi

Shuningdek, mazkur smartfonsoz Honor subbrendi bilan chiqargan smartfonlar ham o‘z xaridorlarini topib kelmoqda. Bugun shulardan ikkitasi – poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida ham sotilayotgan Honor 6A va Honor 6C rusumli telefonlarning xususiyatlari bilan qisqacha tanishtirib o‘tmoqchimiz.

Huawei Honor 6A

Kompaniya ushbu modelini «Mustahkamligini sinab ko‘r!» slogani bilan ilgari surmoqda va u shunga munosib. Mana, smartfonning xususiyatlariga nazar soling-da:

O‘lchamlari: 70.95x143.7x8.2 mm

Vazni: 143 g

Protsessor: sakkiz yadroli (to‘rttadan 1.4 gigagerslik ARM Cortex-A53 hamda 1.1 gigagerslik ARM Cortex-A53) Qualcomm Snapdragon 430 MSM8937

Grafik kuchaytirgich: Qualcomm Adreno 505

Tezkor xotira: 2/3 GB

Doimiy xotira: 16/32 GB + 256 GBgacha microSD, microSDHC, microSDXC

Ekran: 5 dyuymlik, IPS, 720x1280 pikselli

Akkumulyator: 3020 mA/soat, Li-polymer

Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat

Asosiy kamera: 13 MP, LCD-chaqnoqli

Old kamera: 5 MP

SIM-karta: Dual SIM (Nano-SIM + Nano-SIM/microSD)

Wi-Fi: b, g, n, Wi-Fi Hotspot, Wi-Fi Direct

USB: 2.0, Micro USB

Bluetooth: 4.1

Navigatsiya: GPS, A-GPS, GLONASS

Huawei Honor 6C

Huawei’ning ta’kidlashicha, mazkur rusum «Dovyuraklar uchun» taqdim etilgan. Mazkur sloganni qurilma qanchalik oqlay olishiga uning xususiyatlari orqali baho bering-chi:

O‘lchamlari: 69.9x143.5x7.6 mm

Vazni: 138 g

Protsessor: sakkiz yadroli (to‘rttadan 1.4 gigagerslik ARM Cortex-A53 hamda 1.1 gigagerslik ARM Cortex-A53) Qualcomm Snapdragon 435 MSM8940

Grafik kuchaytirgich: Qualcomm Adreno 505

Tezkor xotira: 3 GB

Doimiy xotira: 32 GB + 128 GBgacha microSD, microSDHC, microSDXC

Ekran: 5 dyuymlik, IPS, 720x1280 pikselli

Akkumulyator: 3020 mA/soat, Li-polymer

Operatsion tizim: Android 6.0 Marshmallow

Asosiy kamera: 13 MP, LCD-chaqnoqli

Old kamera: 5 MP

SIM-karta: Dual SIM (Nano-SIM + Nano-SIM/microSD)

Wi-Fi: b, g, n, Wi-Fi Hotspot, Wi-Fi Direct

USB: 2.0, Micro USB

Bluetooth: 4.1

Navigatsiya: GPS, A-GPS, GLONASS

Bulardan tashqari, yuqoridagi har ikkala smartfon ham barmoq izi skaneri, kompas, akselerometr, yaqinlashuv va yorug‘lik datchiklari kabi sensorlarga ega. Ular O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari ishlatadigan LTE (4G) diapazonlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Malika» savdo majmuasi do‘konlarida ham sotilayotgan Honor 6A modeli 1 180 000 so‘mdan, Honor 6C esa 1 530 000 so‘mdan xarid qilish imkoni mavjud. Smartfonlarni saytimiz hamkorlaridan shu narxlarda sotib olish uchun +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali saytimiz menejeri bilan bog‘laning. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Darvoqe, shu o‘rinda Huawei kompaniyasi mamlakatimizda Ucell uyali aloqa operatori bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘ygan «Sovg‘aga megabaytlar!» aksiyasini ham ta’kidlab o‘tish lozim. Mazkur aksiya doirasida rasmiy kafolatga ega bo‘lgan Huawei smartfonlari va planshetlarini xarid qilgan abonentga Ucell aloqa operatori bonus tarzida internet-trafik taqdim etadi. Xarid qilinadigan qurilma rusumiga qarab, abonent uch oy mobaynida har oy Ucell’dan 2000 MB yoki 4000 MB ko‘rinishida bonus oladi.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!