“Malika”da sotilayotgan Xiaomi Mi 6’ga xos 7 ilg‘or jihat

“Malika”da sotilayotgan Xiaomi Mi 6’ga xos 7 ilg‘or jihat

Xiaomi kompaniyasi 19 aprelda Pekinda 5.15 dyuymli Xiaomi Mi 6 «bayroqdor» smartfonini taqdim qilgan edi. Mi 6 jahonning hozircha kuchli Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. Quyida smartfonga xos 7 ta ilg‘or jihatni ma’lum qilamiz.

1. Xiaomi Mi 6 sayqallash ishlari 12 kun davom etadigan va 40 ta texnologik bosqichdan o‘tadigan zanglamaydigan po‘lat korpusga ega.

2. Chang va suv ta’siridan himoyalangan korpus jahonda 2-bo‘lib an’anaviy 3,5 millimetrli audio quloqchin konnektoridan mahrum bo‘ldi.

3. Xiaomi Mi 6 ma’lumotlarni 10 nanometrli texnologiya asosida qayta ishlaydigan jahondagi ilk tijorat mobil protsessoriga ega.

4. Flagmanda X16 LTE mobil aloqa modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida sekundiga 1 Gbit.gacha ma’lumotni almashish mumkin.

5. Xiaomi Mi 6 gadjetidagi Adreno 540 video-kartasining ishlash samaradorligi raqiblarinikidan 25% yuqori va quvvatni 45% kamroq iste’mol qiladi.

6. Xiaomi Mi 6 flagmani Samsung Galaxy S8’dan so‘ng Bluetooth 5.0 moduliga ega jahondagi 2-smartfon.

7. Smartfon qo‘sh modulli bosh kameraga ega — 12 Mp keng burchakli hamda 12 Mp «telefoto» linzali modullar.

Narx-navo
Smartfonning 6 GB tezkor hamda 64 GB doimiy xotira talqini $363 (2499 Yuan), 6 GB tezkor va 128 GBdoimiy talqini — $421 (2899 Yuan), hamda 6 GB / 128 GB xotirali maxsus «keramika» talqini $435 (2999 Yuan) AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

“Malika” savdo markazida esa 6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega qora rangli korpusdagi Xiaomi Mi 6 540 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!