“Malika”dagi hamyonbop Galaxy Tab E plansheti imkoniyatlari

“Malika”dagi hamyonbop Galaxy Tab E plansheti imkoniyatlari

 

Texnik jihatlari: 

Operatsion tizim: Android 6.0.1

Ekran: 9.6 dyuym, TFT matritsa, HD (1280×800 piksel)

Xotira: 1.5 GB operativ xotira, 8 GB doimiy ichki xotira (deyarli yarmi foydalanuvchi uchun), 128 GB.gacha xotira kartasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Protsessor: 4 yadroli, chastota tezligi 1.3 GGs bo‘lgan Spreadtrum SC8830, MALI400MP.

Aloqa: Bluetooth 4.0, Wi-Fi 802.11 b/g/n, USB 2.0, 3G.

Kamera: 2 megapikselli old, 5 megapikselli bosh.

Akkumulyator: 5000 mA soat, 7 soatgacha video ko‘rish mumkin.

O‘lchamlari: 242x149.5x8.5 mm, vazni 495 gramm.

Asosiy qism

Komplektda planshet, USB-kabel, quvvatlash qurilmasi va qo‘llanma mavjud.

Samsung hamyonbop turkumga kiruvchi flagman gadjetlari savdosi bilan ham devayslar bozorida peshqadam o‘ringa ega. Arzon va sifatli gadjetlar foydalanuvchining brendga bo‘lgan ishonchini oqlamoqda.

Jahon planshet bozorida o‘rta narxli qurilmalar o‘rtasidagi raqobat u qadar ham yuqori emas. Hamyonbop planshetlarning ko‘pchiligi 7-8 dyuymli, 10 dyuymli arzon planshetlarni bozorga chiqarishga esa uncha-muncha ishlab chiqaruvchining tavakkal qilgisi kelmaydi.

Ayni paytda yurtimiz planshet bozorida Galaxy Tab E’ning  SM-T561 modeli sotilmoqda, unda 3G modul o‘rnatilgan. Planshetning oddiy Wi-Fi talqini ommalashmagan.

Dizayn, o‘lcham va boshqaruv elementlari

Planshet dizayni kompaniyaning 2015 yilgi ilg‘or planshetlaridan o‘zlashtirilgan. Korpus orqa panellari oq, qora, kumush rang talqinlarda. Qo‘l nam bo‘lgan taqdirda ham dag‘al korpus kaftda mahkam turadi. U barmoq izlariga ham o‘ch emas.

Boshqaruv elementlari odatdagicha joylashtirilgan: ekran ostida – bosh tugma, uning yon tomonlarida esa sensor klavishlar.

Ekran ustida – old kamera, orqasida – bosh mavjud. Korpus qismlarga ajralmaydi. Uning tom qismida microUSB porti, 3.5 mm audio quloqchin garniturasi bor.  Korpusning quyi qismida mikrofonga joy ajratilgan. Korpusning chap tomonidan microSIM hamda xotira kartasi bo‘lmachasi mavjud. Yon tomonda esa gadjetni yoqish tugmasi, ovozni boshqarish uchun qo‘sh tugma bor.

Umuman olganda planshet ixcham va mustahkam yig‘ilgan.

Displey

Diagonali 9.6 dyuym bo‘lgan planshet uchun hamyonbop TFT matritsasi tanlangan. Uning piksellar sig‘imi 1280×800 belgi. Displeyning tomonlar nisbati 16:10. Aytish kerakki, o‘rta narxli planshetda tasvirning bqori darajada yorqin ko‘rish imkonsiz. Ekranda yorug‘likni avtomatik boshqarish funksiyasi ham mavjud emas. Matnning ravshanligini belgilash mumkin. Ekranni Galaxy Tab A’ning ekrani bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, Tab E ekrani “mag‘lub” bo‘ladi.

 

Protsessor, xotira va samaradorlik 

Spreadtrum SC8830 protsessori 4 yadroli bo‘lib, uning chastota tezligi 1.3 GGs. Odatda boshqa ishlab chiqaruvchilar “cho‘ntak ko‘taradigan” narxdagi planshetga nisbatan arzonroq protsessor o‘rnatishadi. Ammo, bu planshetdagi “yurak” o‘z raqiblariga qaraganda samarali ishlaydi. Palnshet interfeysi bir maromda, qotib qolishlarsiz faoliyat ko‘rsatadi.

Galaxy Tab E’ning  operativnoy xotira sig‘imi 1.5 GB. Ichki xotira 8 GB bo‘lib, uning yarmi tizimning ilovalari uchun band qilingan. Shu bilan birga, devaysga 128 GB sig‘imli xotira fleshkasini o‘rnatish mumkin.

Akkumulyator

Planshetdagi Li-Ion batareyasining quvvat sig‘imi 5000 mA soat. Ishlab chiqaruvchi tomonidan akkumulyatorda kamida 7 soat video tomosha qilish mumkinligi aytilgan edi. Foydalanuvchilarning fikricha, amalda planshet quvvati bundan ham uzog‘roq faolitga yetyapti. Har kuni undan o‘rtacha 1.5 soat foydalanadigan bo‘lsangiz, uni to‘la quvvatlab kamida 5 kun ishlatsa bo‘ladi. Akkumulyator to‘la quvvat olishi uchun taxminan 3.5 soat kerak bo‘ladi.

Kamera

Planshet bosh kamerasi 5 megapikselli suratlar oladi. Uning olgan suratlari sifati boshqa planshetlarniki kabi, ya’ni juda taassurotli emas. Quyidagi suratlarda bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling.

Kommunikatsiya imkoniyatlari

Planshetda Mobile High Definition Link, ya’ni audio-video interfeysi texnologiyasi mavjud emas. Ya’ni, uni proyektorga ulash uchun zarur port mavjud emas. Unda USB 2.0 porti o‘rnatilgan. SIM-karta talqini 3G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Aloqa tarmog‘ida ishlash bo‘yicha unda ortiqcha muammolar kuzatilmaydi. Uning ba’zi talqinlari Wi-Fi simsiz tarmog‘ida ham ishlaydi.

Operatsion va dasturiy ta’minot 

Planshet Android 4.4.4 operatsion tizimi bilan chiqarilgan edi. Keyinchalik uni Android tizimining yangi talqiniga yangilab olish mumkin bo‘ldi. Ushbu planshetda ham ekranni bir necha qismga bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta ilova-dasturlardan foydalanish mumkin.

Planshetning 3G talqinida SMS yozish uchun nomer teruvchi ilova ham mavjud. Qurilma orqali audio quloqchilarsiz ham aloqa qurish mumkin.

Bolalar rejimi
Kids Mode (“Bolalar rejmi”) funksiyasi bolajonlar uchun bir-biridan qiziq ta’limiy ilovalarni, o‘yinlarni taklif qiladi Bu o‘yinlar rang-tasvirga boy, o‘ziga jalb qiladigan interaktiv usullar orqali bolaning bilimini boyitadi. Bolaning Tab E planshetidan foydalanishdagi xatti-harakatlarini oson boshqarish mumkin. Jumladan, keraksiz ilovalardan foydalanishni cheklab qo‘yish mumkin.

 

Umumiy taassurot 

Uning Samsung mahsuloti ekanining o‘ziyoq u haqida yaxshi taassurot uyg‘otadi. Galaxy Tab E’ni xarid qilish uchun qo‘lga olar ekansiz, narx va sifat o‘rtasida uyg‘unlik borligi sizni uni xarid qilishga rag‘batlantiradi. Mabodo siz o‘yin o‘ynash, aloqa o‘rnatish yoki film tomosha qilish uchun devays qidirib yurgan bo‘lsangiz, bu planshet siz uchun ayni muddao.

Planshet bozorida Asus Transformer Pad TF103CG imkoniyat va narx borasida unga munosib raqib hisoblanadi. 2017 yilning 3 mart holatida “Malika” savdo majmuasida Samsung Galaxy Tab E (SM-T561N 9.6) 1,515,000 so‘mdan sotilmoqda.

Narxlar bilan batafsil tanishing:

«Malika» savdo markazida Apple va Samsung planshetlari narxlari (2017 yil 3 mart)

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi