"Malika"dagi smartfon o‘g‘rilari ushlandi: xuddi "Uyda yolg‘iz" filmidagi kabi syujet! (Video)

«Malika» savdo majmuasida o‘g‘rilik qilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar «issiq iz» bo‘yicha qo‘lga olindi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi, deb yozadi Xabar.uz.

Xabarda gumon qilinuvchilarning shaxsi, necha kishi ekanligi va voqea tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, mazkur o‘g‘rilar savdo majmuasi yonidagi gamburger do‘koniga ham kirib, u yerni ostin-ustun qilgan. Ushbu holat tasviri ham internet saytlarida tarqalgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.