"Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon

Xalqaro ekspertlarning, shuningdek marketing bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning fikriga ko‘ra, shu kunlarda Apple iPhone X dunyoda eng xaridorgir smartfon. Misol uchun, joriy yilning bir choragining o‘zida bu modeldan 16 million dona sotilgan. Bu - dunyo bo‘ylab sotilgan umumiy smartfonlarning 4,6 foizi degani.

Undagi 5.8 dyuymli displey smartfonning old panelini egallab olgan. 2436 x 1125 piksel sig‘imli ekranga ega iPhone X jahondagi eng yorqin Oled displeyga ega. iPhone X'ning bosh kamerasidagi 12 megapikselli 2 ta sensorlar kuchli suratkash. Shuningdek, FaceID texnologiyasi old kamera yordamida yuzni 3 o‘lchamda skaner qiladi. Foydalanuvchi ayfonga qarashi bilan uning tizimi ochiladi.

Ayni paytda iPhone X yurtimizda o‘rtacha 8 mln so‘mdan sotilmoqda. Bu - juda yuqori narx. Shuningdek, yurtimizda texnologik jihatdan ushbu ayfondan kam bo‘lmagan, narxi esa bir oz insoflikroq devayslar ham bor. Quyida shular bilan sizni tanishtiramiz.

Samsung Galaxy S9
Mazkur gadjet ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 845 chipida ishlaydi. 5,8 dyuymli, romdan xoli bo‘lgan Super AMOLED ekranning sig‘imi Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli). Ya’ni, bu borada ayfondan qolishmaydi. Bosh kamera ilg‘or hamda sekundiga 960 kadrdan iborat sekinlashtirilgan videoni muhrlash qobiliyatiga ega.

O‘qing: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Samsung Galaxy S9 yurtimizda o‘rtacha 5 mln so‘mdan sotilmoqda.

Huawei P20 Pro
3 ta sensor mavjud jahondagi ilk smartfondagi sensorlardan biri 40 megapiksel aniqligidagi surat oladi va 5 karralik gibrid yaqinlashtirish texnologiyasini taklif qiladi. Hali bunday jihatga ega biror muqobil smartfon mavjud emas. Hatto ayfon ham hayratda!
Ekran masalasida ham xitoylik bu devays raqibidan qolishmaydi. "Sun’iy aql"ga ega platformasi ham foydalanuvchi uchun ma’qul bo‘ladi.

O‘qing: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

Huawei P20 Pro yurtimizda 6 400 000 so‘mdan sotilmoqda.

Huawei P20
Huawei P20 modeli ham yomon emas. S9'dan arzon bo‘lgan bu smartfon qo‘sh kamerasi va imkoniyatlari bilan sizni xushnud qiladi. Smartfon tashqi ko‘rinishi bilan iPhone X’ni eslatib yuboradi. Smartfonga ikkitalik Leica kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, u 12 megapikselli rangli modul va 20 megapikselli monoxrom moduldan iborat. Selfi uchun esa 24 megapikselli frontal kamera o‘rnatilgan. Qurilma Huawei yaratgan kuchli chip — Kirin 970 protsessorida ishlaydi.

Huawei P20 yurtimizda o‘rtacha 5 million so‘mdan sotilmoqda.

Samsung Galaxy Note 8
Samsung Galaxy Note 8 diagonali 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi, Galaxy S8 kabi 18.5:9 hajmli, Super AMOLED matritsali Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) piksel sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. Yirik ekranda S Pen — Note turkumining «fishka»si bo‘lgan "aqlli qalamcha" bilan ishlash oson. Korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan. Ya’ni uning uchun chang va suv qo‘rqinchli emas.
2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. Natijada, kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.

O‘qing: Samsung Galaxy Note 8: yanada arzon texnologik Android

Samsung Galaxy Note 8 yurtimizda o‘rtacha 6.1 mln so‘mdan sotilmoqda.

iPhone 8
Bu devays protsessori ishlash bo‘yicha iPhone X modelini ham ortda qoldiradi. Tezkor platforma kerak bo‘lsa, ikkilanmay ana shu gadjetni xarid qiling. Unga kuchli protsessor o‘rnatilgan bo‘lsa ham, narx avvalgiday qolgan. iPhone 8'dagi "yurakcha" – yangi A11 Bionic protsessoridir. Aynan shu protsessor Apple iPhone X modeliga ham o‘rnatilgan. iPhone 8 2 Gb tezkor xotiraga ega. iPhone 8 – 4,7 dyuymli quyuq kristalli, 1334 × 750 pikselli displey (har dyuymda 326 ta belgi) ga ega bo‘lgan.

O‘qing: iPhone 8 va iPhone 8 Plus: Jahonning birinchi raqamli smartfonlari

iPhone 8 yurtimizda o‘rtacha 5 464 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!