O‘zbekistonda eng yaxshi sotilayotgan xitoylik 3 smartfon

O‘zbekistonda eng yaxshi sotilayotgan xitoylik 3 smartfon

Forbes nashrida yozilishicha, ayni paytda sayyoramizda 3 milliard nafar smartfon foydalanuvchisi istiqomat qilmoqda. Ulardan 3 dan 1 qismi Apple gadjetlaridan foydalansa, yana shuncha odam Xitoyda ishlab chiqarilgan elektronika vositalaridan foydalanadi. Undan keyingi o‘rinda ommabovlik bo‘yicha Samsung devayslari turadi. 

Bugun "Xitoy smartfonlari" degan atama ham kuchli smartfonlar ishlab chiqariluvchi yirik smartfon sanoatini ifodalay oladi. Ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda bir necha yuzlab smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud. Ular orasida Huawei, Xiaomi, Lenovo, Oppo va Vivo tobora ommalashmoqda. 

Tinib-tinchimas Xiaomi tinimsiz ter to‘kmoqda. Hamyonbop va yaxshi gadjetlari bilan jahon miqyosida millionlab muxlislar orttirmoqda. Pulni orqasidan chopmasligi oqibatida Osiyo va Yevropa bozorlarida qisqa fursat ichida bu brend ixlosmandlari ko‘paydi.

Xususan, O‘zbekistonda ham Xiaomi smartfonlaridan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. "Malika" savdo markazida hamkorlarimiz bilan o‘tkazgan so‘rovimiz shuni ko‘rsatdiki, ayni paytda O‘zbekistondagi yirik elektronika savdo majmuasida quyidagi 3 ta xitoylik smartfon modeli eng ko‘p va yaxshi sotilmoqda:

1. Xiaomi Redmi Note 4X 

2. Xiaomi Redmi 4X  

3. Xiaomi mi5s

Xiaomi Redmi Note 4 va Xiaomi Redmi 4X modellari quloqni aldashi mumkin. Umuman olganda, bir narsani eslab qoling: Note qo‘shimchasi — bu brendning ekrani 5,5 dyuymdan katta bo‘lgan smartfonlariga nisbatan ishlatiladi. Redmi qo‘shimchasi esa — bu smartfonning hamyonbop ekanini anglatadi. "X" qo‘shimchasi esa mana shu "oltin o‘rtalik"da yuradigan smartfonlar sirasiga kiradi.

Yuqoridagi gadjetlarga xos umumiy yaxshi jihatlar qatorida sifatli kamera, sifatli platforma va uzoqqa chidab beradigan akkumulyatorni, shuningdek sifatli ekranni sanash mumkin.

Xiaomi mi5s esa flagmanlar qatorida turadi. Shundayb o‘lsa ham, Xiaomi kamtarinlik bilan uni nisbatan arzonga baholagan. Hozircha bu smartfonni ishlatib ko‘rganlardan ommaviy shikoyatlar kuzatilmagan.

Quyidagi jadvalda yuqoridagi smartfonlarga xos muhim jihatlarni sanab o‘tamiz.

Smartfon nomi
Xiaomi Redmi Note 4X
Xiaomi Redmi 4X
Xiaomi mi5s

Jihatlari

 Displey
5,5", FullHD (1920x1080), 2.5D himoya shishasi
5", HD (1280x720)
5,5", FullHD (1920x1080), 2.5D himoya shishasi
 Chipset
Qualcomm Snapdragon 625 (8 yadro, 2 GGs)
8 yadroli Qualcomm Snapdragon 435 (1.4 GGs)
4 yadroli Qualcomm Snapdragon 821
 Videokarta
Adreno 506
Adreno 505
Adreno 530
 Kamera
Bosh kamera: 13 Mpiks (avtofokus, fotochaqnoq), old kamera: 5 Mpiks
Bosh kamera: 13 Mpiks (avtofokus, fotochaqnoq), old kamera: 5 Mpiks
Bosh: 12 MP, f/2.0, fazoviy avtofokus, 4k-video.
Old kamera: 5 MP, f/2.0
Operatsion tizim
Android 6.0’ga asoslangan MIUI8
Android 6.0’ga asoslangan MIUI8
Android 6.0 + MIUI 8.0
 Bluetooth
4.2
4.1
4.2 LE, A2DP
 SIM karta
2 x microSIM, bittasini microSD kartasi uchun ishlatish mumkin.
2 x microSIM, bittasini microSD kartasi uchun ishlatish mumkin.
2 x microSIM, bittasini microSD kartasi uchun ishlatish mumkin.
 LTE aloqa tarmog‘i
2G/3G/LTE (800/1800/2600)
2G/3G/LTE (800/1800/2600)
2G/3G/LTE (800/1800/2600)
 Xotira 
3/4 Gbayt
2/3 GB
4 Gbayt
 Doimiy xotira 
32/64 Gbayt
16/32 Gbayt
32/64
 Akkumulyator sig‘imi
4100 mA soat
4100 mA soat
3200 mA soat
 O‘lchamlari 
151 x 76 x 8.4 mm
139,24 mm x 69.96 mm x 8,65 mm
145.6 x 70.3 x 8.3 mm
 Vazni 
175 gramm
146 gramm

145 gramm
 Bahosi 
180 AQSh dollaridan boshlab.
135 AQSh dollaridan boshlab.
310 AQSh dollaridan boshlab.