Mamlakatlar bo'yicha eng ko'p qo'llaniladigan kuchsiz parollar

Mamlakatlar bo'yicha eng ko'p qo'llaniladigan kuchsiz parollar

Taniqli VPN xizmatlaridan biri bo'lgan ExpressVPN uchinchi tomondan internetda tarqatib yuborilgan parollar bilan tadqiqot o'tkazdi va natijani davlatlar, tillar va madaniyatga ko'ra ajratib chiqdi. Berilgan qiziqarli ma'lumotlarga qaraganda yomon parollar o'rtasidagi farq ba'zan oddiy til masalasi bo'lgan. Masalan, ko'plab inglizlar o'rtasida "password" (o'zbek tilida parol) so'zi eng ommalashgan parol so'zi bo'lsa, nemislarda buning biroz boshqacha varianti: "passwort" eng ko'p ishlatilar ekan. Shuningdek, klaviaturaning boshlang'ich harflari, taniqli "qwerty" esa fransiyaliklar uchun "azerty" va bu ularning sevimli parollaridan biri.

Mamlakatlarga ko'ra eng ko'p ishlatiladigan parollar infografikasi. Muallif: ExpressVPN 

 

Yomon parollardan foydalanish madaniyatga ko'ra saralaganda esa bularning barchasi yanada qiziqarli tus oladi. Misol uchun, Italiyaning "Yuventus" futbol jamoasi muxlislari uchun "Yuventus" so'zi qoniqarli parol tanlovi bo'lsa kerak, italiyalik internet foydalanuvchilar orasida bu to'rtinchi eng yomon parol hisoblanadi. Hissiyotlar ham parollarni chetlab o'tmagan: amerikaliklar orasida "iloveyou", indoneziya va malayziyaliklar uchun "sayang" (qadrdonim) so'zi eng ko'p qo'llaniladigan yomon parollar orasida.

ExpessVPN'ning mingdan ortiq amerikliklar o'rtasida o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra, o'rtacha odam bitta paroldan oltita veb-sayt/platformada foydalanar ekan. Qatnashchilarning 43 foizining ma'lum qilishicha, yoqtirgan insonlari ularning parollarini tahmin qilishi mumkin. Shu bilan birga har beshta odamning ikkitasi parollarida o'zlarining yoki ismlari yoki familyalarini ishlatishlarini tan olishadi. So'rovnomaga ko'ra, shaxsiy ma'lumotlarning parollarda qo'llanishi darajasi quyidagicha:

Umumiy shaxsiy ma'lumotlar Ushbu ma'lumotlarni parollarida ishlatashini aytgan respondentlar foizi
Ism 42.30%
Familya 40.00%
Otasining ismi 31.60%
Tug'ilgan sanasi 43.90%
Telefon raqami 32.20%
Farzandining ismi 37.50%

Oddiy va tahmin qilish mumkin bo'lgan parollardan foydalanish foydalanuvchilarning ma'lumotlari o'g'irlanishi kabi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, barchaga quyidagicha talablarga javob beradigan mukammal parollardan foydalanish tavsiya qilinadi:

  • Uzun: parol kamida sakkiz belgidan, ideal holda esa 12-15 belgidan iborat bo'lishi kerak. Har bir qo'shimcha belgi uni buzilishini qiyinlashtiradi.
  • Tahminiy: ya'ni sizning parolingiz ma'noga ega bo'lmasligi va tasodifiy harflar, raqamlar va belgilar qatoridan iborat bo'lishi kerak.
  • Noyob: maksimal himoya uchun har bir onlayn akkauntingiz uchun alohida parollardan foydalanishingiz kerak. Agar barcha hisoblaringiz uchun faqat bitta paroldan foydalansangiz, kimdir, qaysidir yo'l bilan parolingizni bilib olsa, u sizni boshqa akkauntlaringizga ham kirishi mumkin bo'ladi.

Albatta bunday turdagi parollarni eslab qolish qiyin va shu sabab parol menejeri dasturlari, shu bilan birga, brauzerlarning o'zida ichki parol saqlovchi menejerlar mavjud.

O'QING: Gigant IT kompaniyalari parollarsiz kelajak uchun birlashdilar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.