Mana, «Oxirzamon kompyuteri» ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  2960
  •  28.11.2019 15:43

Mana, «Oxirzamon kompyuteri» ham tayyor!

Avvalroq Virjil Dyupra ismli dasturchi Collapse OS nomli «Oxirzamon operatsion tizimi»ni yaratgan edi. Endi esa Jey Dosher (Jay Doscher) ismli kishi «Oxirzamon kompyuteri»ni terdi.

O‘QING: Bu qiziq: Odamlar ishonmagan 7 ta buyuk ixtiro haqida

Ushbu kompyuter Raspberry Pi Recovery Kit deb atalgan bo‘lib, nazariy jihatdan qaraganda, har qanday tabiiy va texnogen ofatdan ham omon chiqib, o‘zining ishlash qobiliyatini saqlab qoladi.

Dosher uni tayyorlash uchun kerakli elektron qismlarni olib, suv o‘tkazmas va zarbalarga chidamli korpusga joyladi. Shuningdek, mis folgadan yasalgan g‘ilof ham mavjud – u gadjetni elektromagnit nurlanishidan muhofaza etadi. «O‘ldirib bo‘lmas» kompyuterning ayrim qismlari 3D-printerda chop etilgan.

Ixtirochining ta’kidlashicha, global falokat yuz bergudek bo‘lsa, ola-g‘ovurda kompyuter hech kimning xayoliga ham kelmasligi ehtimoli yuqori. Lekin baribir, Raspberry Pi Recovery Kit kimningdir koriga yarab qolishi mumkin, deydi u.

O‘QING: Apple I kompyuteri qachon va qanday yaratilgan edi?

Aytish kerakki, bundan to‘rt yil avval Jey Dosher ushbu devaysning «ajdod»i – Raspberry Pi Field Unit nomli kompyuterni ham tayyorlagan edi:

Ushbu birinchi versiya bir nechta kamchiliklari sababli ko‘ngildagidek chiqmagan. Jumladan, Raspberry Pi Field Unit chang va suvdan himoyalanmagan edi. Bu kompyuter sensor ekran orqali boshqariladi, chunki himoyalangan korpusda joy kamligi bois klaviaturadan voz kechilgan edi. Bu kabi muammolarning barchasi Raspberry Pi Recovery Kit modelida bartaraf etilgan.

O‘QING: Eksklyuziv video: AQSh prezidentining «Oxirzamon samolyoti»ni ichkaridan tomosha qilamiz!