Mangu – Milliy virtual oltin

  •   DiMaX
  •  4070
  •  22.06.2018 10:06

Mangu – Milliy virtual oltin

Yangi texnologiyalardan foydalaning,

elektron vositalar mo‘jizalar yaratishga qodir.

Bill GEYTS

Rasman ish boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, yuzlab xaridorlar orttirishga ulgurgan Mangu.Uz platformasi foydalanuvchilari soni yetgani uchun bugun mamnuniyat bilan o‘zining asosiy bosqichiga qadam qo‘ydi.

Diqqat! Ishlab chiqaruvchilar, ishbilarmon va tadbirkorlar, o‘z brend nomiga ega va bu nomining yanada mashhur bo‘lishini istaydigan biznes egalari hamda fuqarolar!

Mangu piksellari bu

Brendlar uchun

  • arzon narxga 10 yillik reklama;
  • potetsial mijozlar oqimi;
  • innovatsiyada birinchi bo‘lish imkoni;
  • raqobat bozorida chiroyli PR;

Jismoniy shaxslar uchun –

  • tobora qadri ortib boruvchi aktiv;
  • yuqori foydali xaridlar vositasi;
  • istagan payt naqd pul ekvivalenti;
  • qulay daromad.

Qanday qilib, deysizmi?! Mangu.Uz’dan reklama uchun joy sotib olgan brendlarning mahsulot va xizmatlariga jismoniy shaxslar o‘z Mangu’lari bilan to‘lov qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu yangicha innovatsion to‘lov usuli ham sotuvchi, ham xaridor e’tiborini tortishi aniq. 2018-yilning eng shov-shuvli loyihasi bo‘lishi kutilayotgan, umumiy sanog‘i va kundalik muomalaga qo‘yiladigan soni ham cheklangan Mangu’lar narxi tobora oshib boradi.

Mangu.Uz loyihasining Davlat va jamiyat uchun ham foydasi bormi, dersiz?! Albatta.

Mangu.Uz ayniqsa davlat uchun ahamiyatli loyiha hisoblanib, o‘zida ushbu manfaatlarni qamrab oladi:

  • inflyasiyaning oldini oladi;
  • xorijiy valyutaning ichki bozorda aylanishini qisqartiradi;
  • zayom sifatida aholining bo‘sh mablag‘larini aylanmaga jalb etadi;
  • xorijiy investitsiya chaqiradi;
  • Markaziy Bankka kelajak valyutasi haqida yo‘nalish taqdim etadi.

«Loyiha ajoyib! Lekin uning kafolatlari-chi», degan savol ham paydo bo‘lgandir?!

Demak, tanishamiz:

  • barcha to‘lovlar o‘n yillik huquqiy shartnoma asosida;
  • Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator «UZINFOCOM»dan domen nomi 20 yilga sotib olingan;
  • xosting serveri Buyuk Britaniyada joylashgan va kuchli himoyaga ega;
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qo‘llab quvvatlagan.
  • «Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi» hay’at kengashi qaroriga ko‘ra 2028 yilgacha barcha soliqlardan ozod etilgan.
  • «Respublika Tovar hom-ashiyo birjasi» – hamkor tashkilot.

Eng jozibali reklama egasiga aylanib savdo hajmini orttirish, zamon bilan hamnafas bo‘lib yangidan-yangi mijozlar mehrini qozonish istagidagi brend egalari va yuridik shaxslarning shartnoma yuzasidan (+99894) 677-22-28 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz.

Jismoniy shaxslar esa avval ro‘yxatdan o‘tib, so‘ng o‘zlariga tegishli plakstik karta yordamida piksel sotib olishlari mumkin.

10 may sanasida birinchi marta o‘z narx o‘zgarishi kuzatilib, bugun 1 Mangu narxi 1250 so‘mga tenglashdi. Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kuni 1 Mangu pikseli narxi 20%gacha o‘zgarib, 1500 so‘mgacha ko‘tarilish ehtimoli bor.

Reklama huquqi asosida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.