Mark Sukerbergning boyligi ilk bor 100 milliard dollardan oshdi

  •   DiMaX
  •  486
  •  08.08.2020 15:38

Mark Sukerbergning boyligi ilk bor 100 milliard dollardan oshdi

Bir oycha avvl Facebook boykot qilinishi ortidan asoschisi va rahbari 7,2 milliard dollar yo‘qotgan edi. Lekin bugungi kunga kelib, Bloomberg xabariga qaraganda, Mark Sukerbergning boyligi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi, deb yozmoqda Sof.uz nashri.

O‘QING: Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi

Ushbu rekord AQShda katta muammolarga duch kelayotgan Xitoyning TikTok tarmog‘iga raqobatchi bo‘lgan Reels qisqa video-servisining ishga tushirilishidan keyin aksiyalarning qiymati o‘sishi bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.

Sukerberg yil boshidan buyon pandemiya va o‘zini yakkalash rejimida internet-trafikning ko‘payishi tufayli 22 milliard dollar yig‘di. Sukerbergdan tashqari, hozirgi kunda klubda atigi ikki nafar yuz milliardlik milliarder bor: Amazon bosh direktori Jeff Bezos (190 milliard dollar) va Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geyts (120 milliard dollar).

Hatto Sukerbergning so‘roq qilinishi va AQSh Kongressidagi boshqa uchta yirik kompaniyalarning rahbarlari bilan birgalikda Facebook kapitallashuvi o‘sishiga haligacha to‘sqinlik qila olmadi. Aytish kerakki, ushbu uchala kompaniya ham koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar top-o‘ntaligiga kirgan.

O‘QING: Amazon kapitalizatsiyasi va Jeff Bezosning boyligi tarixiy maksimumga yetdi

Shu bilan birga, AQSh senatori va AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Berni Sanders koronavirus inqirozi davrida, ya’ni 18 martdan shu yil oxirigacha eng boy odamlarning ortiqcha daromadidan 60 foiz soliq olish imkon beradigan qonun kiritishni taklif qildi. Ushbu mablag‘lar AQSh sog‘liqni saqlash xarajatlariga yo‘naltiriladi, deb taxmin qilinmoqda.

O‘tgan yili ham u milliarderlardan o‘zlari ega bo‘lgan har bir dollardan xazinaga kamida 5% to‘lashni majburlashni xohlagan. Ammo, keyin Sukerberg bu fikrni tanqid qilgan: «Senator [Сандерс]niki kabi takliflarni eshitganimda, bu meni biroz tashvishga soladi. Bularning barchasi davlat tomonidan qilinishi kerakligi taklifi bozor va dunyoni turli xil harakatlardan mahrum qiladi».

Mark Sukerberg bir necha bor Facebook'dagi aksiyalarining 99 foizini rafiqasi Priskilla Chan bilan birgalikda tashkil etilgan xayriya jamg‘armasiga xayr-ehson qilmoqchi ekanligini bildirgan.

O‘QING: Facebook hattoki Donald Trampni ham ayab o‘tirmadi!