Mark Gurman: "Apple barmoq izi skanerini sinab ko‘rdi hamda undan voz kechdi"

Mark Gurman:

Touch ID - Apple kompaniyasining barmoq izi skaneri. Kompaniya iPad'larni ushbu texnologiya bilan hali ham jihozlaydi. Biroq iPhone'larga kelganda oxirgi marta faqatgina 2020 yilgi iPhone SE barmoq izi skanerini bilan jihozlangan. Ammo ushbu skaner ancha eskirgan.

O‘QING: 2021 yil so‘ngigacha Apple taqdim etadigan barcha gadjetlar aytildi

Ayrim mish -mishlardan farqli o‘laroq, barmoq izi skaneri asosiy iPhone'larga qaytmaydi, deydi Bloomberg Power On axborot byulletenida Mark Gurman.

Xabar qilinishicha, kompaniya barmoq izi skaneriga ega bo‘lgan displeylarni sinovdan o‘tkazgan, biroq jurnalist Apple yangi iPhone'larga ushbu texnolgiyani o‘rnatishiga ishonmasligini ta’kidladi.

Buning o‘rniga, Face ID iPhone 14 kabi kelajakdagi yuqori darajali modellar displeyiga o‘rnatiladi. Hozirgi Apple qurilmalarida esa Face ID datchigi ekran yuqorisidagi tirqishda joylashgan. Albatta, bularning barchasi kelajakdagi modellar haqidagi munozaradir, shu yilning sentyabr oyida chiqadigan iPhone 13 seriyasi ko‘p jihatdan avvalgi yilgi iPhone'larga o‘xshaydi, yani ularning dizaynida katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi.

2022 yilda taqdim qilinadigan 5G tarmog‘iga ega yangi iPhone SE hali ham iPhone 8 qurilmasiga asoslangan dizayn - 4.7 dyuymli LCD displeyi hamda barmoq izi skaneri bilan birga ishlavchi uy tugmasiga ega bo‘ladi. Ammo Gurman yangi iPhone SE barmoq izi skaneri o‘rniga Face ID bilan jihozlanishini taxmin qilmoqda.

Yangi iPhone'larning displeyidagi o‘zgarishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, iPhone 13 oilasi Always On Display funksiyasiga ega bo‘ladi. Displey yuqorisidagi tirqish kichrayadi hamda Pro modellarining displeyi 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tahlilchi Ming Chi Kuo Apple 2022 yilgi avlod uchun displey ostida joylashgan barmoq izi skaneridan foydalanadi deb da’vo qilgan edi. Ehtimol, Apple bunday sensorning sinov paytida qanday ishlaganidan qoniqmagan hamda undan butunlay voz kechishga qaror qilgan. Biroq iPhone 14 seriyasi haqida gapirishga biroz erta, chunki ungacha katta o‘zgarishlar bo‘lib ketishi mumkin.

O‘QING: iPhone 13’larda videolar uchun portret rejimi va ProRes paydo bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!