Markaziy bank Humo plastik kartalarining muomalaga chiqarilish kunini aytdi!

  •   DiMaX
  •  1580
  •  17.04.2019 13:01

Markaziy bank Humo plastik kartalarining muomalaga chiqarilish kunini aytdi!

Bugun – 2019 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda ma’lum qilinishicha, Humo kartalari 1 may kunidan chiqariladi, deb yozadi Spot nashri.

O‘QING: «Uzcard» va «Mir» kobeyjing kartalari: plastik kartalarimiz endi Rossiya banklarida ham o‘tadigan bo‘ladi!

Ayni paytda Markaziy bank hamda tijorat banklarining xodimlari uchun bir nechta Humo kartalari sinov rejimida chiqarilgan. Ulardan taxminan aprelning oxiri – may oyi boshlarida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Humo kartalarini qabul qiluvchi 47 990 ta terminal allaqachon o‘rnatilgan.

«Birinchi navbatda terminallar o‘rnatdik, chunki Humo kartalari egalari to‘lov bilan bog‘liq muammolarga duch kelmasliklari lozim. Bu terminallar hozircha UzCard kartalarini qabul qilmaydi. Ammo kelajakda ularni ham qabul qiladigan bo‘lishi borasida muzokaralar olib borilmoqda. Shunisi ham borki, mazkur terminallar MasterCard, Visa va UnionPay kartalarini ham qabul qiladi», – deya xabar beradi Markaziy bank.

Xabarga ko‘ra, ish haqlari loyihalari doirasida kartalar emissiyasi bepul asosda amalga oshiriladi. Tijoriy ekvayring uchun 0,2 foizgacha, internet ekvayring uchun esa – 0,1 foizgacha komissiya paydo bo‘ladi.

O‘QING: Humo tizimi ish boshlagach, Uzcard plastik kartochkalari ishlamay qoladimi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!