Markaziy bank ogohlantiradi: «Firibgar Telegram-kanallarga aldanmang!»

  •   DiMaX
  •  1227
  •  23.01.2020 13:14

Markaziy bank ogohlantiradi: «Firibgar Telegram-kanallarga aldanmang!»

Yurtimizda eng ommalashgan messenjerlardan biri Telegram bo‘lib, ko‘plab korxona-tashkilotlar unda o‘z kanallarini ham yuritib kelishadi. Biroq ularning orasida soxtalari, biror nufuzli idora nomi bilan firibgarlar tomonidan ochilganlari ham yo‘q emas.

O‘QING: Tashqi ishlar vazirligi ikkita Telegram-kanal ochdi va sizdan maslahat so‘rayapti

Jumladan, Markaziy bank aholini firibgar Telegram-kanallar paydo bo‘lgani haqida ogohlantirdi, deb yozadi O‘zA.

«"MARKAZIY BANK AKSIYASI" sarlavhasi bilan "ZAKAZ_MUI" deb nomlangan telegramm-kanalda tarqatilayotgan axborot Markaziy bankning kommunikatsion kanallariga aloqasi yo‘qligi va hech qanday asosga ega emasligini bildiramiz!

Rasmiy tashkilot nomidan noqonuniy faoliyat yuritilishi amaldagi qonunchilikning qo‘pol buzilishi hisoblanadi va ko‘rib chiqish uchun respublika huquqni muhofaza qilish idoralariga yuboriladi!» – deyilgan xabarda.

Shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Markaziy bankning faqat Facebook-sahifasi mavjud. Demak, boshqa ijtimoiy tarmoqlarda uning nomidan ochilgan kanal, sahifa yoki guruhlarga aldanib qolmang!

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!