Marsga parvoz sari ilk qadam: SpaceX ikki fazogirni uchirdi!

  •   DiMaX
  •  2129
  •  01.06.2020 10:14

Marsga parvoz sari ilk qadam: SpaceX ikki fazogirni uchirdi!

Kecha – 2020 yilning 31 may sanasi insoniyat tarixiga oltin harflar bilan yozib qo‘yiladigan kun bo‘ldi. Chunki ilk bor xususiy kompaniya – SpaceX fazoga odam uchirdi.

O‘QING: «Vau, ishlab ketdi!»: Ilon Mask kosmos orqali ilk tvitni jo‘natdi

Falcon 9 raketasi uchiga o‘rnatilgan Dragon kapsulasida NASAning ikki fazogiri nihoyat kosmosga uchishga muvaffaq bo‘ldi.

Floridadagi Kennedi fazo markazidan mahalliy vaqt bilan soat 15:22 (Toshkent vaqti bilan – 00:22) da raketa osmonga ko‘tarildi. Oradan 12 daqiqa o‘tib, fazogirlar quyi orbitaga yetib bordi va kapsula raketadan ajralib chiqdi. Uni kosmosga olib chiqqan raketa yerga qaytib tushib, okeandagi «Of course I still love you» dron-kemasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

Dragon kapsulasi fazodagi parvozini davom ettirib, 19 soat davomida Yerni bir marta aylanib chiqdi va shundan so‘ng Xalqaro fazo stansiyasiga ulandi. Ya’ni, ushbu missiya muvaffaqiyatli amalga oshib ulgurdi.

O‘QING: NASA sizga ham fazoga virtual parvoz qilish imkonini berdi!

Kechagi missiya NASA tomonidan amalga oshirildi. Ya’ni buyurtmachi davlat tashkiloti, ijrochi esa xususiy SpaceX kompaniyasi.

NASA‘ning maqsadi – Xalqaro fazo stansiyasiga fazogirlarni chiqarish va u yerda olib borilayotgan tadqiqotlarni davom ettirish. Ayni paytda bu stansiyada ikki rossiyalik va bir amerikalik astronavt bor. Bugungi ikki fazogir ham ularga borib qo‘shiladi. U yerda astronavtlar kosmosning odam sog‘ligiga, turli biologik mavjudotlarga ta’sirini hamda boshqa eksperimentlarni amalga oshiradi. Bu kosmosni tadqiq qilishga bag‘ishlangan uzoq muddatli xalqaro loyihalarning bir qismi.

SpaceX’ning maqsadi esa kosmik turizmni boshlash. Shunga imkon beradigan, ya’ni odamni kosmosga uchira oladigan kema sinovdan o‘tkazildi. Hammasi muvaffaqiyatli tugasa, endi fazo turizmiga ham ruxsat beriladi. Ya’ni SpaceX bundan buyon oddiy fuqarolarni ham kosmosga uchirishni boshlaydi.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar chindan bormi? Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

SpaceX odamlarni dastlab Yer atrofida aylantirishni, Oyga uchirishni va nihoyat Marsga yuborishni rejalamoqda.

Kompaniya asoschisi Ilon Mask esa Marsda odamlar doimiy yashovchi koloniya yaratish eng asosiy orzusi ekanini aytgan. Unga ko‘ra, yerda sun’iy intellekt va robotlar rivojlanib ketib, insoniyat hayoti xavf ostida qolishi mumkin. Mars – odamlar qochib boradigan manzil vazifasini o‘tashi kerak.

Eslatib o‘tamiz: Ilon Mask fazoviy sayyohlik va Marsni egallashdan tashqari, Starlink loyihasi doirasida butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: Ilon Mask milliardlarini qanday topgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!