Marsga uchadigan kosmik kema Yerga qo‘nish paytida portlab ketdi

  •   DiMaX
  •  701
  •  04.03.2021 13:02

Marsga uchadigan kosmik kema Yerga qo‘nish paytida portlab ketdi

SpaceX kompaniyasi Marsga parvozlar uchun ishlab chiqilgan Starship SN10 prototip kosmik kemasining oldinroq kechiktirilgan sinov uchishi amalga oshirilganligini ma’lum qildi. Bu to‘g‘rida Xabar.uz nashri yozmoqda.

 «Starship SN10 Boka-Chika hududida AQShning sharqiy qirg‘og‘ida soat 18:15 da parvozni amalga oshirdi. Kema taxminan 10 km balandlikka ko‘tarilib, uchirish kompleksi yonida joylashgan joyga qaytib qo‘ndi. Sinovdagi kema birinchi marta qo‘nishni amalga oshirdi, biroq bir necha daqiqa o‘tgach u portlab ketdi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask kompaniyasi 2024 yilda Marsga sayohat qilishni rejalashtirilgan.

O‘QING: «Meni Marsga dafn eting» – Ilon Mask «Qizil sayyora»ni zabt etish vaqtlarigacha aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!