Mart oyining eng yaxshi smartfonlari

  •   DiMaX
  •  2201
  •  03.04.2017 11:15

Mart oyining eng yaxshi smartfonlari

Mobile World Congress 2017 yakunlanishidan keyin, mart oyining eng orziqib kutilgan voqeasi – Samsung Unpacked bo‘ldi, unda Galaxy S8 hamda S8+ taqdim etildi. Ammo o‘tgan oyda undan boshqa mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilar ham e’tiborga loyiq devayslarini taqdim etishdi. Shulardan eng yaxshilarini sanab o‘tamiz.

Xiaomi Mi 5c

Xiaomi kompaniyasi MWC 2017 ko‘rgazmasida ishtirok etmadi, ammo mazkur marosimning o‘tkazilishi davrida o‘zining yangi smartfoni – Mi 5s’ni taqdim etdi. Gadjetning eng e’tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, bu – Xiaomi’ning o‘zi ishlab chiqargan Pinecone Surge S1 protsessorida ishlaydigan ilk qurilmadir.

Xususiyatlari:

  • 1920 × 1080 piksel sig‘imli, diagonali 5,15 dyuymli displey;
  • sakkiz yadroli Xiaomi Surge S1 protsessori;
  • 3 GB tezkor va 64 GB ichki xotira;
  • asosiy kamera 12 MP, old kamera 8 MP;
  • Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac;
  • 2860 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • MIUI 8 (Android 7.1).

BLU Life One X2 Mini

BLU Products kompaniyasi esa Life One X2 smartfonining yangilangan ixcham versiyasi – Life One X2 Mini modelini ishlab chiqara boshladi.

Xususiyatlari:

  • 1920 × 1080 piksel sig‘imli, diagonali 5 dyuymli IPS-displey;
  • sakkiz yadroli Snapdragon 430 protsessori;
  • 4 GB tezkor va 64 GB ichki xotira;
  • 64 GBgacha hajmli microSD karta qo‘yish imkoni;
  • asosiy kamera 13 MP, old kamera 8 MP;
  • Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.0, GPS;
  • 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • Android 6.0 Marshmallow.

OPPO F3 Plus

Mart oyi so‘ngida Oppo kompaniyasi birinchi navbatda selfi ishqibozlari uchun mo‘ljallangan fabletni taqdim etdi. Yangi – Oppo F3 Plus smartfonining old kamerasi 16 hamda 8 megapikselli modullarga ega. U hozircha faqat Hindistonda sotuvga chiqarilgan, yaqin orada boshqa mamlakatlarda ham savdosi yo‘lga qo‘yilishi aytilgan.

Xususiyatlari:

  • 1920 × 1080 piksel sig‘imli, diagonali 6 dyuymli displey;
  • sakkiz yadroli Snapdragon 653 protsessori;
  • 4 GB tezkor va 64 GB flesh-xotira;
  • 256 GBgacha hajmli microSD karta qo‘yish imkoni;
  • asosiy kamera 16 MP, datchikli qo‘shaloq old kamera 16 va 8 MP;
  • LTE, ikkita SIM-karta, USB Type-C; Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.1, GPS;
  • 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • Android 6.0 Marshmallow.

Sony Xperia L1

MWC 2017 ko‘rgazmasida Sony Mobile bir nechta smartfon namoyish etdi, undan keyin – mart oyi o‘rtasida esa yana bir yangi qurilma taqdim etdi. Aprel oyining oxirlarida savdoga chiqariladigan mazkur Xperia L1 modeli birmuncha hamyonbop qurilmalar sirasiga kiradi.

Xususiyatlari:

  • 1280 × 720 piksel sig‘imli, diagonali 5,5 dyuymli IPS-displey;
  • to‘rt yadroli MediaTek MT6737T protsessori;
  • 2 GB tezkor va 16 GB ichki xotira;
  • 256 GBgacha hajmli microSD karta qo‘yish imkoni;
  • asosiy kamera 13 MP, old kamera 5 MP;
  • LTE, USB Type-C; Wi-Fi 802.11a/b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS va GLONASS;
  • 2620 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • Android 7.0 Nougat.

Huawei P10 Lite

Barselonada ikkita flagman smartfoni – P10 va P10 Plus modellarini taqdim etganidan so‘ng, Huawei kompaniyasi P seriyasiga oid yana bitta model – Leica kamerasi bo‘lmagan P10 Lite’ni namoyish qildi. «Yengillashtirilgan» bu qurilma birmuncha kamtarona bo‘lsa-da, baribir u hamyonbop va ilg‘or modellar o‘rtasidagi oraliq toifaga mansub baquvvat gadjetdir.

Xususiyatlari:

  • 1920 × 1080 piksel sig‘imli, diagonali 5,2 dyuymli displey;
  • sakkiz yadroli Kirin 658 protsessori;
  • 4 GB tezkor va 32 GB ichki xotira;
  • 256 GBgacha hajmli microSD karta qo‘yish imkoni;
  • qo‘shaloq asosiy kamera 12 MP, old kamera 8 MP;
  • LTE, Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS va GLONASS;
  • 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator;
  • Android 7.0 Nougat.

Mazkur smartfonlardan birortasi ma’qul kelgan bo‘lsa, AliExpress internet-do‘koni orqali buyurtma berish imkoni mavjudligini eslatib o‘tamiz.