«Marusya» 14 fevral arafasida Twitter’da to‘ylar o‘tkazyapti!
Xabaringiz bo‘lsa kerak, «Yandeks» kompaniyasi Rossiyaning ilk intellektual ovozli yordamchisi – «Alisa»ni 2017 yildayoq taqdim etgan edi. Keyinroq esa Mail.ru Group uning raqibasi – «Marusya» virtual assistentini ishlab chiqqan.
O‘QING: Rossiyada «Marusya»ni «Kapsula»ga solib sota boshlashdi!
Sun’iy ong asosidagi «Marusya» ovozli yordamchisi 14 fevral arafasida «nikohlarni qayd etuvchi» vazifasini o‘tamoqda. Twitter tarmog‘ida u foydalanuvchilarga «o‘z jufti»ni belgilashni taklif etadi, keyin esa hazilnamo to‘y otkritkalarini tarqatadi.
Shu tariqa bu tarmoqda nafaqat oddiy foydalanuvchilar, balki hatto odatda o‘zaro raqobatchi bo‘lgan brendlar ham «kelin-kuyov» bo‘lishmoqda. Masalan – «Sber» va «Tinkoff» banklari yoki «Bilayn» hamda «MTS» aloqa operatorlari.
«Marusya» shu usulda juftliklarning nafaqat «nikoh»ini, balki ularning «ajrashish»larini ham qayd etmoqda. Twitter’da bu ovozli yordamchi orqali «to‘y qilish» yoki «ajrashish» uchun tegishli postni #bolshayatvitterskayasvadba heshtegi bilan e’lon qilish kerak bo‘ladi.
O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!