Marvel'ning zirhli qasoskori haqida yangi o'yin chiqariladi

Marvel'ning zirhli qasoskori haqida yangi o'yin chiqariladi

Electronic Arts kompaniyasi Marvel'ning eng mashhur qasoskori, Temir Odam haqida video-o'yin chiqarishini e'lon qildi. Bir kishilik, uchinchi shaxs ko'rinishida o'ynaladigan o'yin harakat-sayohat janrida bo'lib, u Toni Stark haqidagi original hikoyaga asoslangan va u o'yinchilarga "Temir odam" bo'lish qanday ekanligini his qilish imkonini beradi. 

Ma'lum bo'lishicha, yangi o'yin hozirda Motive Studio tomonidan endigina ishlab chiqarish jarayonida. Ishlab chiqarish jamoasini esa Olivyer Proulks boshqarmoqda - u o'tgan yilning "Galaktika Qo'riqchilari" o'yini ustida ishlagan edi. 

"Bugungi kunning eng mashhur super qahramonlaridan biri haqida video o'yin yaratish imkoniyatiga ega bo'lish sharaf va ustunlikdir. Bizda "o'zimizniki" deb atash mumkin bo'lgan yangi va noyob hikoya yaratish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Marvel bizni yangi narsalarni yaratishga undamoqda." deydi Olivyer Proulks.

O'yin endigina ishlab chiqarish jarayonida ekanligini hisobga olsak, uning chiqarilishi yaqin oylarda bo'lmasligi aniq.

O'QING: RTX 6000 - metaolamlar yaratish uchun videokarta

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!