Mashhur antivirus ijodkori qamoqda o‘zini o‘ldirdi

  •   DiMaX
  •  583
  •  24.06.2021 15:58

Mashhur antivirus ijodkori qamoqda o‘zini o‘ldirdi

Ispaniyaning El País gazetasi McAfee antivirusini yaratgan Jon Makafi ispan qamoqxonasida olamdan o‘tgani haqida xabar tarqatdi. Keyinchalik buni AQSh Adliya vazirligi xabarni tasdiqladi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

Makafiga birinchi yordamni ko‘rsatishga uringan shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmagan. O‘lim tafsilotlarini politsiya o‘rganmoqda, New York Times yozishicha, Makafi o‘z joniga qasd qilgan.

McAfee asoschisi 2020 yilning oktyabrida Ispaniyada qo‘lga olingandi — uni AQShga ekstraditsiya va daromadlarini soliqdan yashirgani uchun 30 yil qamoq jazosi kutayotgandi. Ispaniya Oliy sudi ekstraditsiya hukmini chiqarganidan bir necha soat o‘tib, Makafining o‘limi xabari tarqaldi.

Makafini 2012 yilda Belizdagi qo‘shnisini o‘ldirishda ham gumon qilishgan, 2016 yilda rejissyor Nanett Burshteyn «Gringo: Jon Makafining xavfli hayoti» deb nomlangan hujjatli filmni suratga olgandi. Filmda Makafi o‘z qo‘shnisini qiynash va o‘ldirish maqsadida 5000 dollarga qotil yollagani hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda Makafi biznes bo‘yicha hamkori Ellison Adonizo ismli ayolga narkotiklar berib, nomusiga tekkani ham keltirilgan.

McAfee antivirusiga egalik qiluvchi Intel kompaniyasi 2014 yilda brend faoliyatini, uning asoschisi nomi bilan bog‘liq noxush voqealar sababli, tugatib borishini ma’lum qilgandi. 2017 yilda Intel o‘z biznesidan chiqarib yuborgach, McAfee mustaqil kompaniyaga aylangandi.

O‘QING: Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!