Mashhur avtomobilsoz endi smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Mashhur avtomobilsoz endi smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Tesla'ning birinchi smartfoni haqidagi mish-mishlar bundan bir necha yil oldin tarqalgan edi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfon Starlink internet tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Ushbu mish-mishlarga asoslanib, smartfonning hatto norasmiy renderlari ham yaratildi. Renderlardan smartfon orqa paneli ikki xil rangda bo‘lishini ko‘rish mumkin. Orqa panelning yuqori qismida ko‘rinmas asosiy kamera joylashgan bo‘lib, u faqat kamera faol holatda bo‘lganida ko‘rinadi. Tesla logotipi esa kamera modulining pastki qismiga tushiriladi. 

Manbada smartfon nomi Tesla Model Phone bo‘lishi aytilgan. Bu yo‘l bilan kompaniya o‘zining mahsulotlarini nomlash an’analariga sodiq qolmoqchi. Mish-mishlarda ushbu smartfon 4K displey, Snapdragon 898 chipi, 108MP asosiy kamera hamda 2TB doimiy xotiraga ega bo‘lishi aytilmoqda. 

O‘QING: Redmi 11 seriyasi qachon xalqaro bozor uchun sotuvga chiqadi? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.