Mashhur brendlar 2020 yilni bir so‘z bilan qanday atashmoqda?

  •   DiMaX
  •  1614
  •  05.12.2020 14:35

Mashhur brendlar 2020 yilni bir so‘z bilan qanday atashmoqda?

Yakuniga yetayotgan yil insoniyat uchun ancha og‘ir keldi: koronavirus pandemiyasi, iqtisodiy inqiroz va boshqalar... Twitter ijtimoiy tarmog‘i shuni nazarda tutib, 2020 yil yakunlarini bitta so‘z bilan qanday ifodalash mumkinligini so‘radi. Unga turli texnologik brendlar bergan qiziq javoblar bilan tanishamiz.

O‘QING: 2020 yildagi eng yomon ELLIKTA parol: qarang-chi, sizniki yo‘qmikan bu ro‘yxatda?

Aksariyat javoblar nafaqat «hayotiy», balki oqilona taklif etilganligi bilan e’tiborga loyiq.

Netflix striming servisi buning nimaga kerakligini so‘ragan:

whyyyyyyyyyyyyyy?

— Netflix (@netflix) December 3, 2020

LEGO esa bu yilni kishi bilmasdan biror nimani bosib olib, joni og‘riganda chiqaradigan («voy», «uhhh» kabi) xitobga o‘xshatgan:

Ouch.???? pic.twitter.com/UplfEg2iii

— LEGO (@LEGO_Group) December 3, 2020

Microsoft Edge brauzeri bu yilni «404-xatolik» deb baholagan:

404

— Microsoft Edge (@MicrosoftEdge) December 3, 2020

YouTube ushbu yilga «obunani bekor qilish»ga qaror qilgan:

Unsubscribe

— YouTube (@YouTube) December 3, 2020

Adobe esa umuman yilni bekor qilish tarafdori ekan:

Ctrl + Z

— Adobe (@Adobe) December 3, 2020

Call of Duty videoo‘yini 2020 yilni GULAGga o‘xshatibdi:

Gulag

— Call of Duty (@CallofDuty) December 3, 2020

Lyft taksi agregatori bu yilga 5 balldan 0 ball qo‘ygan:

0/5

— Lyft (@lyft) December 4, 2020

Zoom uni internet yoki aloqadagi beqaror ulanishga o‘xshatgan:

Unstable

— Zoom (@zoom_us) December 3, 2020

Xo‘sh, tugab borayotgan yilni siz birgina so‘z bilan qanday ta’riflagan bo‘lardingiz?

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.