Mashhur Nokia N95 hozirga vaqtda yaratilsa qanaqa ko‘rinishda bo‘lardi? (Video)

  •   DiMaX
  •  1133
  •  12.11.2020 16:06

Mashhur Nokia N95 hozirga vaqtda yaratilsa qanaqa ko‘rinishda bo‘lardi? (Video)

O‘z vaqtida Nokia N95 hatto o‘zining multimedia seriyasi o‘lchovlari bo‘yicha ham inqilobiy qurilmaga aylangandi. Taqdim etilgan vaqtida u o‘sha davr uchun eng yaxshi 5 megapikselli kamera va ikkitalik slayderga ega noyob form-faktorga ega bo‘lgan — bir tomondan klaviatura surilgan, ikkinchisida — mediapleyerni boshqarish klavishi joylashgan.

O‘QING: Nokia’ning 15 ta afsonaviy mobil telefonlari

Hozirda Nokia’ga egalik qiluvchi HMD Global kompaniyasi klassika ustida tarjiba o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va hatto N95’ning reinkarniyasiyalangan versiyasini tayyorladi, deb yozadi Daryo nashri.

Model tasvirlangan rolikni Yuxo Sarvikas — HMD Global’ning mahsulotlar bo‘yicha direktori Twitter’dagi sahifasida bo‘lishgan. Bu esa N95’ning davomchisi soxta emasligini bildiradi. Bu kabi model rostdan ham tayyorlangan, biroq oxir-oqibat bekor qilingan. Bundan tashqari, HMD Global top-menejeri yangi N95’ning dizayniga oid ko‘plab tasvirlar bilan bo‘lishgan — vertikal, gorizontal va hatto dianogal slayderlar.

HMD Global kompaniyasi N95 modelini yana qachonlardir «qayta tiriltirishi» mumkin, agar slayder formatida bo‘lmasa, egiluvchan ekranga ega model — hozirgi sanoat tendensiyalariga ko‘proq mos keladi. Albatta, ko‘p modulli va zamonaviy aloqa texnologiyalari bilan.

Avvalroq Nokia kompaniyasi 6300 va 8000 modellarining yangi versiyalarini taqdim etib, tugmali klassik telefonlarni yangilangan dizaynda ishlab chiqarishni davom ettirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!