Mashhur pulli o‘yining iPhone va Android-smartfonlarga BEPUL chiqish sanasi aniq bo‘ldi (+video)

  •   DiMaX
  •  2582
  •  20.09.2019 14:10

Mashhur pulli o‘yining iPhone va Android-smartfonlarga BEPUL chiqish sanasi aniq bo‘ldi (+video)

O‘tgan yili PlayStation Blog versiyasiga ko‘ra eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb Call of Duty topilgan edi. Activision kompaniyasining ushbu dasturiy mahsulotining mobil versiyasi bepul chiqishi haqida bahordayoq xabar bergandik.

O‘QING: Futbol fanatlari uchun maxsus: FIFA 20 bepul versiyasini hoziroq yuklab oling! (+rasmiy treyler)

Nihoyat, uzoq kutilgan Call of Duty: Mobile o‘yinining taqdimot kunini Activision rasman e’lon qildi. Unda mazkur turkumning pulli Call of Duty: Black Ops hamda Call of Duty: Modern Warfare versiyalari orqali tanish bo‘lgan xaritalar hamda personajlar mavjud.

Kompaniya uning reliz treylerini e’lon qilgan:

Xullasi kalom, Call of Duty: Mobile o‘yinini iOS hamda Android tizimli qurilmalarga 1 oktyabrdan yuklab olish mumkin bo‘ladi. O‘shandayoq o‘yin geymerlarga bir nechta rejimlarda taklif etiladi, ammo ular orasida «shohona jang» yo‘q. mazkur rejim o‘yinga keyinroq qo‘shiladi.

O‘QING: Apple o‘n bir yillik afsonaviy o‘yinni bepul qilib App Store’ga qaytardi