Mashhur pulli o‘yinni ikki xil konsolda o‘ynash vaqtincha bepul bo‘lyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  1978
  •  04.10.2019 14:32

Mashhur pulli o‘yinni ikki xil konsolda o‘ynash vaqtincha bepul bo‘lyapti! (+video)

Jangovar videoo‘yinlar orasida Mortal Kombat faytingi o‘ziga yarasha o‘ringa ega. Uning bir talqini o‘tgan yil so‘ngida eng ommalashgan PlayStation o‘yinlari reytingida ham e’tirof etilgan.

O‘QING: Nintendo’ning yangi o‘yini App Store va Google Play’da jahon rekordini yangiladi!

NetherRealm studiyasi mazkur turkumning auditoriyasini kengaytirish maqsadida Mortal Kombat 11 faytingiga bepul eshik ochib bermoqda. Kelasi hafta so‘ngida, aniqrog‘i – 11 oktyabrdan to 14 oktyabrgacha uni tekinga o‘ynash mumkin bo‘ladi.

Biroq mazkur imkoniyat barchaga birdek taqdim etilmayapti. Mortal Kombat 11 faqat PlayStation 4 (sotib olish) hamda Xbox One konsollari uchungina bepul uzatiladi. Geymerlar bunda jangchilarning butun jamlanmasiga ega bo‘lishlari, yana ko‘p ishtirokchili rejimda ham o‘ynashlari mumkin bo‘ladi. Syujet kampaniyasi esa faqat birinchi ikkita bo‘lim bilan cheklangan.

Quyida Mortal Kombat 11 rasmiy treylerini birga ko‘ramiz:

Aytib o‘tish kerakki, Mortal Kombat 11 shu yilning 23 aprelida chiqqan va PS4, Xbox One, Nintendo Switch hamda kompyuter platformalari uchun taqdim etilgan.

O‘QING: Mashhur pulli o‘yining iPhone va Android-smartfonlarga BEPUL chiqish sanasi aniq bo‘ldi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.