Mashhur va bepul mobil o‘yin bo‘yicha sovrin jamg‘armasi million dollarlik turnirga marhamat!

  •   DiMaX
  •  1562
  •  23.04.2020 18:28

Mashhur va bepul mobil o‘yin bo‘yicha sovrin jamg‘armasi million dollarlik turnirga marhamat!

2018 yili Call of Duty eng yaxshi tarmoq o‘yini, deb topilgan bo‘lib, bultur uning bepul mobil versiyasi ham chiqqan. Dastlabki bir hafta ichidayoq Call of Duty: Mobile 100 million martadan oshiq yuklab olingan va rekord o‘rnatgan.

O‘QING: Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

Activision kompaniyasi ko‘plab reytinglarda yuqori o‘rinlarni olib kelayotgan Call of Duty: Mobile bo‘yicha turnir e’lon qildi. Sovrin jamg‘armasi bir million AQSh dollariga teng bo‘lgan World Championship 2020 Tournament turnirining asosiy homiysi Sony kompaniyasidir.

Turnirning saralash matchlari 30 aprel kuni boshlanib, 24 maygacha davom etadi. Ishtirokchilar bunda reyting serverlarida musobaqada qatnashishadi; o‘nta jang natijasiga ko‘ra 80 ochko to‘plagan geymerlar ikkinchi bosqichga o‘tkaziladi.

Saralash qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilar turnir ma’murlarining ruxsatisiz qo‘shimcha qurilmalardan (geympad va boshqa kontrollerlardan) foydalana olmaydilar. Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterlardagi emulyatorlarni qo‘llash ham mumkin emas.

O‘QING: Kompyuter uchun 5 ta bepul Android emulyatori

World Championship 2020 Tournament ikkinchi bosqichida esa geymerlar boshqa ishtirokchilar bilan jamoalar tashkil etishadi. Turnirning boshqa qoidalari haqida tashkilotchilar keyinroq batafsil ma’lumot berishmoqchi.

Agarda siz ham Call of Duty: Mobile o‘yiniga qiziqsangiz va tajribangiz bo‘lsa, mana bu havola orqali tezda ro‘yxatdan o‘tib oling. O‘yinning o‘zi bo‘lsa Android-smartfonlarga Google Play Store'dan ushbu havola, iOS tizimli qurilmalarga esa mana bu havola orqali yuklab olinadi.

Darvoqe, hattoki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham koronavirus infeksiyasidan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynashni tavsiya etganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)