Mashhur videoo‘yin asosidagi film xitga aylanib, bir haftadayoq o‘zini qopladi! (+treyler)

  •   DiMaX
  •  1297
  •  28.04.2021 12:46

Mashhur videoo‘yin asosidagi film xitga aylanib, bir haftadayoq o‘zini qopladi! (+treyler)

Geymerlar yaxshi biladigan Mortal Kombat jangovar o‘yini asosida badiy film yaratilganidan xabaringiz bor. O‘tgan haftaning dam olish kunlari «Mortal Kombat» kartinasi o‘z vatani – AQShda kassa yig‘imlari bo‘yicha eng katta natija ko‘rsatdi.

O‘QING: «Pole Chudes» boshlovchisi Mortal Kombat’da: ikkita kulgigi video

Mortal Kombat o‘yinining yangi ekranizatsiyasi birinchi uik-endda 22,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘plab, kinoijara lideriga aylandi. Kartinaning umumiy yig‘imlari esa $51 milliondan oshgan bo‘lib, bu bilan uni ishlashga ketgan xarajat qoplanib bo‘ldi! Aytish kerakki, «Mortal Kombat» filmining byudjeti taxminan 40-50 million dollarga baholangan edi.

Bunday yuqori ko‘rsatkichga erishishda filmning «raqamli reliz»i ham muhim rol o‘ynagan: dam olish kunlari uni 3,8 millionta HBO Max akkauntidan tomosha qilishgan. Bu raqam ichiga kinodan loaqal besh daqiqa ko‘rgan yuzerlar ham kiritilgan.

«Mortal Kombat»ning bu yutug‘idan ilhomlangan ssenariy muallifi Greg Russo uning sikveli – voqealarning davomi sifatidagi yangi badiy filmni ham yaratishini aytgan. Ikkinchi qismda u Kitana vatani – Edeniya o‘lkasini ham tomoshabinlarga ko‘rsatmoqchi.

Darvoqe, Apple badiy filmlarda kimlarga iPhone ishlatishni taqiqlaganidan xabaringiz bormi? Shuningdek, videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar haqidagi maqolamiz ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Yomg‘ir, tuyoq tovushi va suyuk metall: Kinoda ovoz qanday yaratiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!