Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!

  •   DiMaX
  •  2536
  •  19.06.2020 14:44

Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!

Insoniyat dastlab o‘zining og‘ir mehnat talab etuvchi ishlarini turli mashinalar zimmasiga yuklagan va bu yaxshi foyda berib kelayotir. Endi esa aqliy faoliyat talab qiluvchi ishlarning ayrimlarini sun’iy ong, avtopilot kabilarga ishonib topshirishyapti, ammo...

O‘QING: AQSh armiyasida ishlagan muhandis «mashinalar qo‘zg‘oloni»dan xavotirda

Tesla Model 3 elektrokari Yo‘l harakati xavfsizligi sug‘urta instituti (Insurance Institute for Highway Safety, IIHS) tomonidan o‘tkazilgan barcha oltita krash-testni muvaffaqiyatli topshirgan. Natijada hatto unga «Top Safety Pick + 2019» sovrini ham topshirilgan.

Lekin Sina News Media nashrining xabariga ko‘ra, kuni kecha Xitoy janubi-sharqidagi Szyansi viloyatida ayni shu mashina ishtirokida avariya sodir bo‘lgan. Tesla Model 3 bunda o‘z-o‘zidan tezligini 127 kilometr/soatga chiqarib, yelday uchib ketgan. Haydovchining tezlikni pasaytirishga bo‘lgan urinishlari naf bermagan, tormoz shunchaki ishlamay qolgan. Oxir-oqibatda elektrokar yo‘ldan chiqib, ichidagi haydovchisi bilan birga portlab ketgan.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Tesla kompaniyasi bu voqea yuzasidan rasmiy bayonot berib, ushbu yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Xitoydagi tegishli hukumat agentligi bilan kelishilgan holda tekshiruv ishlari olib borilishini ma’lum qilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, avariya avtopilot tizimidagi nosozlik tufayli kelib chiqqan.

O‘tgan yilning dekabrida Tesla elektrokarlari ishtirokida uchta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Ularda uch nafar kishi halok bo‘lgani xususida Associated Press joriy yilning yanvarida xabar bergan edi.

O‘QING: «O‘q o‘tmas» Cybertruck’ning taqdimotida Tesla aytmagan jihati fosh bo‘ldi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.