Mask ham, Bezos ham «damini olaversin»: sayyoramizda eng boy kishi boshqasi bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2530
  •  26.05.2021 12:43

Mask ham, Bezos ham «damini olaversin»: sayyoramizda eng boy kishi boshqasi bo‘ldi!

Amerikalik tadbirkor – SpaceX, Tesla, Neuralink va boshqa bir nechta kompaniyalar asoschisi Ilon Mask kuni kecha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidagi ikkinchi o‘rinni boy bergan edi. LVMH korporatsiyasiga, shu jumladan, Louis Vuitton va Sephora brendlariga egalik qiluvchi fransiyalik Bernar Arno o‘shanda uni quvib o‘tgan edi.

O‘QING: Ilon Maskdan avval Jeff Bezos fazoga chipta sotyapti – parvoz shu yil 20 iyulga belgilandi! (+video)

Buni qarangki, fransuz magnati hamda Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi rahbari Bernar Arno (Bernard Arnault) kuni kecha birinchi o‘ringa chiqib oldi! Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, joriy haftaning dushanbasida uning sarmoyasi 186,3 milliard dollardan oshgan.

Ko‘pdan beri eng badavlat insonlar reytingida yetakchi bo‘lib kelayotgan tadbirkor – Amazon hamda Blue Origin kompaniyalari asoschisi Jeff Bezos endi 186 milliard dollardan ziyod boyligi bilan ikkinchi pog‘onaga tushib qolgan. Ilon Mask esa hali-hanuz kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Arno sarmoyasi o‘tgan yilning mart oyida «atigi» 76 milliard dollarga teng edi va bir yil ichida keskin o‘sdi. Dushanba kuni uning umumiy mablag‘i 186,3 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, hozir yanada ko‘payib, 188 milliard dollarga yetgan!

O‘tgan oyda e’lon qilingan dunyodagi eng boylarning yangi reytingidan asosan IT-gigantlar egalari joy olgan, mazkur yo‘nalishga mansub bo‘lmagan Bernar Arno esa kuchli uchlikni yakunlab bergan edi. Agar uning boyligi hozirgi sur’at bilan o‘sishda davom etaversa, Ilon Mask ham, Jeff Bezos ham yaqin orada unga yetib olishi qiyin.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar