Mask hazili chinga aylandi: Tesla kutilmaganda spirtli ichimlik – tekila sotyapti!

  •   DiMaX
  •  862
  •  07.11.2020 14:45

Mask hazili chinga aylandi: Tesla kutilmaganda spirtli ichimlik – tekila sotyapti!

Elektromobillari bilan mashhur Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask  ikki yil avval 1 aprel kunida hazil post e’lon qilgan edi. Tadbirkor unda Model 3 tufayli es-hushidan ayrilgani va Teslaquila nomli tekila ichib, uning shishalari qurshovida yotgani haqida yozgan.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

Keyinroq esa kompaniya chindan ham shunday savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Endi esa Tesla kompaniyasi chindan ham rasman tekila taqdim etdi va sayti orqali sota boshladi. Mazkur spirtli ichimlik Mask hazillashganidek Teslaquila (Tesla + tekila) emas, balki Tesla Tequila deb nomlangan.

Tesla Tequila g‘ayrioddiy – chaqmoq shaklidagi shisha idishda bo‘lib, brendning logotipi tushirilgan metall taglikka o‘rnatilgan.

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Kompaniya ta’kidlashicha, ichkilik maromiga yetishi uchun fransuz emani yog‘ochidan yasalgan bochkada 15 oy saqlangan.

Ushbu ichimlik uchun 250 dollarlik narx belgilangan, lekin hozir sotib olishning iloji yo‘q. Chunki savdosi boshlanishi bilan, bir necha soatlardayoq uni talashib xarid qilishgan. Tesla Tequila yana sotuvga chiqish-chiqmasligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!