Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

  •   DiMaX
  •  2702
  •  04.09.2020 17:27

Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Turli testlari bilan tanilib borayotgan Master Lu benchmarki jamoasi navbatdagi reytingini e’lon qildi. Unda hozirgi dolzarb smartfonlarni ishlash ravonligi nuqtai nazaridan baholashgan.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Ushbu reytingda Xiaomi o‘zining o‘n yilligiga bag‘ishlab taqdim etgan yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra (Xitoy bozorida – Mi 10 Extreme Commemorative Edition) modeli 187,91 ball bilan yetakchi bo‘ldi. Aytish kerakki, ayni shu smartfon kuni kecha AnTuTu benchmarkining avgust oyi holatiga ko‘ra eng kuchli flagmanlar reytingida ham shohsupaga ko‘tarilgan edi.

Kuchli uchlikka Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga moslashgan iQOO brendi namoyish qilgan ikkita geymerofon – iQOO 5 hamda iQOO 5 Pro modellari kirgan.

Silliq ishlovchi smartfonlar o‘ntaligini quyidagi rasmda ko‘ramiz:

Guvohi bo‘layotganingizdek, top-o‘ntalikning qolgan pog‘onalarini tegishlicha Vivo S7, OPPO K7, Realme V5, Samsung Galaxy Note 20 Ultra, Samsung Galaxy Note 20, Redmi K30 Extreme Edition (Redmi K30 Ultra) hamda Nokia C3 modellari egallagan.

Mazkur reytingda kishini hayron qoldiradigan jihat – yetakchi smartfonsozlardan sanalgan Samsung yaqindagina chiqargan eng kuchli flagmanlar hattoki xitoylik arzon smartfonlardan ham orqada qolganidir. Huawei haqida-ku umuman gapirmasa ham bo‘ladi – Master Lu reytingida uning birortayam vakili yo‘q!

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil avgust)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!