Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

  •   DiMaX
  •  1576
  •  05.12.2020 11:42

Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Kuni kech biz Antutu servisi ma’lumotlari asosida noyabr oyidagi eng qudratli flagmanlar o‘ntaligini chiqargan edik. Mazkur benchmark jamoasi yana hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari reytingini ham taqdim etgan.

O‘QING: Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

Yana bir benchmark – Master Lu servisi esa aynan noyabr oyida namoyish etilgan yangi smartfonlarning ikkita parametr bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Birinchi yo‘nalish – tezkorlik bo‘yicha Samsung W21 5G buklamafoniga teng keladigani topilmadi. Noyabrning boshida taqdim etilgan ushbu smartfon samaradorligiga ko‘ra 801 264 ball olgan.

Ikkinchi o‘ringa 796 932 ball bilan OnePlus 8T Cyberpunk 2077 Limited Edition modeli loyiq ko‘rilgan. Kuchli uchlikni yaqindagina chiqqan hamyonbop Redmi Note 9 Pro 5G modeli 486 008 ball bilan yakunlab bergan.

O‘QING: Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

Master Lu benchmarki taqdim qilgan ikkinchi reyting esa smartfonning tezkorligiga emas, balki uning foydalanuvchi interfeysi qanchalik silliq, ravon ishlashiga asoslangan.

Yuqoridagi reytingdagi birinchi va ikkinchi o‘rin egalari bu ro‘yxatda o‘zaro o‘rin almashishgan: OnePlus 8T Cyberpunk 2077 Limited Edition modeli 180,7 ball olgan, Samsung W21 5G esa 179 ball. Uchinchi o‘rinni yana o‘sha Redmi Note 9 Pro 5G smartfoni band etgan – uning ishlash silliqligini 174,90 ballga baholashgan.

Shuningdek, ikkala reytingdagi kuchli o‘ntalikka Redmi Note 9 5G, Huawei Nova 8 SE High Edition, OPPO K7x, Redmi Note 9 4G, Vivo S7e hamda OPPO Reno 4 Mo Salah Limited Editon smartfonlari kirgan.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!