Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

  •   DiMaX
  •  1404
  •  13.09.2018 15:06

Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Apple korporatsiyasi 12 sentyabrdagi tadbirida iPhone XS, XS Max hamda iPhone XR smartfonlarini namoyish etgandi. Taqdimot marosimi tugagach, Huawei kompaniyasi Twitter’da antiqa chiqish qildi.

O‘QING: Huawei o‘z flagmani reklamasi bilan Samsung va Apple’ni masxara qilmoqda

Xitoylik texnogigant mazkur tarmoqda videootkritka e’lon qildi va uni Apple’ga nisbatan masxara sifatida baholash mumkin. Unda shunday deyilgan:

«Hech bir yangi narsa namoyish etmaganingiz uchun rahmat. Yilning haqiqiy qahramoni bo‘lishimizga imkon berganingiz uchun tashakkur. 16.10.18 sanasida Londonda ko‘rishamiz»

Mana, o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Huawei oktyabrda flagman smartfoni – Mate 20 modelini taqdim etishni rejalashtirgan. Uning ayrim xususiyatlarini va hatto «jonli» suratlarini ham e’lon qilganmiz. Bu qadar ishonch bilan «katta gapirayotgani»ga qaraganda, xitoylik kompaniya chindan ham o‘zining avvalgi ishlanmalarini yanada takomillashtirgan va ularni navbatdagi qurilmasiga tatbiq etyapti.

Mayli, buyog‘iga bir oycha vaqt qoldi – voqealar rivojini birga kuzatamiz. Ungacha esa ayrim modellardagi Huawei hamda Apple smartfonlarini tegishli kafolati bilan onlayn tarzda xarid qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!