Mate 30 Pro "qo‘lga tushdi"!

Mate 30 Pro

Kuni kecha Huawei Mate 30 Pro uchun himoya g‘ilofi rasmi ochiqlangandi. G‘ilofda aylana kamera moduli, sensor/karnay/ToF uchun tirqish borligini ko‘rish mumkin edi.

Endi esa, smartfonning o‘zi undan foydalanishayotganda "qo‘lga tushdi". Foydalanuvchi smartfon dizaynini maxsus g‘ilof bilan yashirib olgan. Biroq olingan tasvirlardan uning old panelini aniq ko‘rish va orqa tomoni haqida umumiy tushuncha hosil qilish mumkin. Qurilmada deyarli 90 gradusli qayrilma ekran bo‘lishi ko‘rinib turibdi, kamera moduli esa to‘sib olingan.

Mate 30 Pro, o‘zingmisan?

Kamerani ko‘rmagan bo‘lsak ham, ksenondan qilinganga o‘xshovchi uzun kamera chirog‘ini ko‘rishimiz mumkin. Anchadan beri bunday turdagi chiroqlar smartfonlarga o‘rnatilmay qo‘ygandi, sababi ular qurilmada katta joy egallaydi. Balkim, Huawei buning bir ilojini qilgandir.

Orqa panelda oval shaklidagi qora maydon ham bor, biroq uning ostida hech qanday datchik borga o‘xshamaydi. Bu shunchaki telefon dizaynini imkon qadar yashirishga qilingan harakat natijasi bo‘lsa kerak. Quvvat tugmachasi o‘ng tomonda, ovoz balandligi nazorati tugmachalarining quyisida joylashgan. Bu tomonda boshqa hech bir tugma yo‘q. Demak, avvalgi ba’zi g‘ilof render rasmlari shunchaki noto‘g‘ri bo‘lgan.

Old tomon tasviridan ayon bo‘ladiki, avvalgi mish-mishlarda ham aytilganidek, Mate 30 Pro'da kamera uchun keng tiriqish saqlab qolingan. Displey yuqorisida ko‘plab kamera va datchiklar mavjud. Smartfonning yuqori qismida kichik ikki tirqish bor. Ulardan kattarog‘i 3.5 mm lik audio jek hajmida katta emasligidan kelib chiqib, uni IR blasteri (pult "ko‘zi") deb taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Huawei o‘zining xaritalash xizmati ustida ishlamoqda