Mate 30 Pro'ga Google ilovalarini endi umuman yuklab bo‘lmaydi

Mate 30 Pro'ga Google ilovalarini endi umuman yuklab bo‘lmaydi

Huawei Mate 30 Pro smartfoni avvaldan o‘rnatilgan Google xizmatlarisiz taqdim qilinganidan yaxshi xabardorsiz. Lekin smartfon taqdimotidan ko‘p o‘tmay, LZPlay ilovasi orqali Google'ning barcha xizmatlarini yuklab olish imkoni paydo bo‘ldi.

Biroq bu uzoqqa cho‘zilmadi. Dasturchi Jon Vuning tushuntirishicha, ilovalarni bunday usul bilan yuklab olish jarayoni Huawei'ning hujjatlashtirilmagan MDM API'idan foydalanish orqali amalga oshiriladi va bu qurilma uchun xavfli. Shuning uchun endi bu usuldan foydalanib bo‘lmaydi.

LZPlay ilovasi LZPlay.net saytidan allaqachon o‘chirib tashlandi. Google ilovalarini uchinchi tomon vositasi orqali yuklab olganlar esa xavf ostida qoldi. Ustiga ustak, yuklab olingan ilovalar endi baribir ishlamaydi ham. Norasmiy yo‘llar bilan yuklangan ilovalar SafetyNet sinovlaridan o‘tmagan va o‘zlari o‘rnatilgan qurilmaning to‘liq ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

O‘QING: Huawei rahbari taqdimotdan so‘ng Mate 30 haqida intervyu berdi