Matematika endi muammo emas!

Matematika endi muammo emas!

Maktab yoki universitetdagi matematika darslarida qiynalasizmi? Xavotirga aslo o‘rin yo‘q: Microsoft yordamga keladi. Kompaniyaning eng so‘nggi Microsoft Math Solver ilovasi bilan yelkangizdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘lmaydi, rostdan ag‘dariladi. 

Android Authority'dagi mutaxassislarning yozishicha, ular hozirgacha o‘tkazgan sinovlarda ilova risoladagidek ishlagan. Biroq saytdagilar dasturga o‘ta murakkab misollar bermaganliklarini ham ta’kidlab o‘tgan. Matematik tenglamalarni ilovaga kiritish uchun rasmga olish, terib yozish va hattoki barmoq bilan ekranga yozish kabi bir necha xil usullardan foydalanish mumkin.

To‘g‘ri, matematik misollarni yechuvchi ilovalar bir talay, lekin Microsoft'ning mahsulotida eng to‘liq funksiyalar to‘plami joylangan, deb aytish xato bo‘lmaydi. Photomath singari dasturlar rasm orqali tenglamalarni yechib beradi, lekin Microsoft Math Solver'da boshqa o‘xshash ilovalarda bo‘lmagan qo‘shimcha funksiyalar mavjud. 

Masalan, agar dastur tenglamaning javobini topa olmasa, Bing qidiruv tizimidan foydalanishga o‘tadi. Bunga qo‘shimcha, yechimlar qanday kelib chiqqani haqidagi batafsil izoh, o‘rganish funksiyasi va boshqalar ushbu dasturni hozirda mavjud eng kuchli ilovalardan biriga aylantiradi. 

Uyga vazifalaringizning barchasini bu ilovadan foydalanib bajaring, deyishdan yiroqmiz. Siz uchun murakkab bo‘lgan bir-ikki o‘rinlarda ushbu dastur qo‘l kelishi mumkin, demoqchimiz xolos. Ilovani Play Store'dan yuklash uchun bu yerga bosing. 

O‘QING: Professional tasvirlar yaratamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.