«Matnli bomba»: ayfon va aypadlarni bittagina SMS bilan buzish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1270
  •  24.04.2020 14:55

«Matnli bomba»: ayfon va aypadlarni bittagina SMS bilan buzish mumkin!

Internetdagi forumlarda Apple devayslari foydalanuvchilari «zararli SMS-xabar»dan shikoyat qilishmoqda. Bu xabarni qabul qilgan iPhone va iPad qurilmalari ishlamay qolyapti ekan.

O‘QING: Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

«Matnli bomba» degani – muayyan belgilar tizmasi bo‘lib, qurilmalarning ish faoliyatini buzadi. Yangi aniqlangan shunday xabar esa Italiya bayrog‘i emodzisi hamda sind (Pokiston va Hindistonda yashovchi xalq) tilidagi ayrim belgilar ketma-ketligidan iborat. iOS 13 tizimli smartfonlar va iPadOS 13 tizimidagi planshetlar uni qabul qilganida ishlamay qoladi.

Appleinsider.com yozishicha, ushbu xabarni istalgan messenjer yoki ijtimoiy tarmoq, shuningdek, SMS-xabar orqali yuborib, birovning ayfoni yoki aypadini o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi. Mazkur «matnli bomba» qurilmalarga turlicha ta’sir qilyapti: o‘chib qolishi yoki bir marta o‘chib-yonishi mumkin, ba’zi hollarda esa so‘ngsiz o‘chib-yonaveradi.

Hozircha Apple mazkur bartaraf etmagan, «matnli bomba» xavfidan xalos bo‘lish uchun qurilmangizda umuman bildirishnomalarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Agar allaqachon u kelib, ayfoningiz yoki aypadingiz tinimsiz o‘chib-yonayotgan bo‘lsa, u holda bu qurilmadagi telefon raqamingizga boshqa istalgan bir SMS-xabarni yuboring.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.