Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1206
  •  21.09.2020 14:05

Maxfiy kamerali ikkinchi smartfonni umuman kutilmagan kompaniya taqdim etdi! (+video)

 ZTE kompaniyasi yaqinda ekranosti kamerali ilk tijoriy smartfon – Axon 20 5G modelini taqdim etgan. Lekin uning hali sotuvga chiqmasidanoq tarqalgan «jonli» suratlari hafsalani pir qilgan edi.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon savdoga chiqiboq rekord o‘rnatdi

Old kamerasi displeyning o‘ziga integratsiyalashgan ikkinchi smartfon esa Vetnamdagi smartfonsoz – VinSmart kompaniyasi tomonidan namoyish qilindi. Vsmart Aris Pro rusumli bu qurilma o‘lchami 6,39 dyuymlik, romsiz AMOLED-displey bilan jihozlangan. Full HD+ formatida tasvir uzata oluvchi displeyning ortiga esa 20 megapiksellik selfi-kamera yashirilgan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, selfi-modul surat sifatini yaxshilash uchun tasvirlarni qayta ishlashning maxsus algoritmini qo‘llaydi.

Aytish kerakki, Xiaomi kompaniyasi hatto ZTE’dan ham avval ekranosti kamera (yoki yashirin kamera) qo‘llanuvchi smartfonini «jonli» videoda ko‘rsatgan edi. Kompaniyaning o‘zi taqdim etgan reklama videosidan tashqari, keyinchalik xitoylik bir texnobloger shu texnologiyaga ega smartfonni o‘zi «jonli» tarzda, marketing bezaklarisiz videoga olib e’lon qilgan. Uning qo‘lida «Xitoycha Apple»ning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra modelining maxsus versiyasini ko‘ramiz.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Ultra’da yashirin kamera qanday ishlashini «jonli» videoda tomosha qilamiz!

VinSmart Vsmart Aris Pro modeliga qaytadigan bo‘lsak, uning texnik xususiyatlari quyidagicha:

Displey: AMOLED, 6,39", 2400x1080

Protsessor: Snapdragon 730 2,2 GGs, Adreno 618 GPU

Tezkor/doimiy xotira: 8/128 GB; yana microSD sloti bor

Bosh kamera: 64 MP (f/1.89) + 8 MP (keng burchakli optika, f/2.2) + 8 MP (teleob’yektiv, f/2.4) + 2 MP (makroob’yektiv, f/2.4)

Old kamera: 20 MP (f/2.2)

Akkumulyator: 4000 mA/soatlik; 18 vattgacha tezkor quvvatlanadi

Xavfsizlik: korpusning yon qirrasidagi barmoq izi skaneri

Aloqa: Wi-Fi 802.11ac (2,4 GGs + 5 GGs), Bluetooth 5.0, GPS, GLONASS

Portlar: USB Type-C, 3,5 mm.lik audiotirqish

O‘lcham: 156,2 x 75,04 x 8,55 mm

Vazni: 178 gramm

Vsmart Aris Pro smartfoni ko‘k, qora, kul rang va yashil korpuslarda ishlab chiqarilmoqda. VinSmart kompaniyasi negadir uning uchun o‘z yurtida emas, balki Tailandda oldindan buyurtma ochgan. Gadjetning narxi esa 431 AQSh dollariga teng.

O‘QING: Eng antiqa smartfon – LG Wing taqdim etildi: narx va xususiyatlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.