Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfonning namoyish kuni rasman e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  568
  •  17.08.2020 10:08

Maxfiy selfi-kamerali ilk smartfonning namoyish kuni rasman e’lon qilindi!

Yaqindagina ZTE kompaniyasi kutilmaganda yashirin selfi-kamerali ilk smartfonni e’lon qilgan edi. Keyinroq esa bu qurilmaning suratlari va rasmlari TENAA regulyatorida qayd etilgan.

O‘QING: Ikkinchi partiyasi ham sotuvga chiqiboq tugagan, 7200 dollarlik shaffof televizorni rasmiy videoda ko‘ramiz!

ZTE A20 5G deb atalishi aytilayotgan inqilobiy smartfonning rasmiy nomi ZTE Axon 20 5G ekan. Kompaniya uning taqdimot sanasini Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasi orqali aytdi:

Ikki haftadan so‘ng – 1 sentyabrda taqdim etilayotgan ZTE Axon 20 5G xususiyatlarini ishlab chiqaruvchi ma’lum qilmagan. Biroq oldinroq TENAA ularning asosiylarini fosh etib bo‘lgan.

ZTE Axon 20 5G diagonaliga 6.92 dyuymlik, tasvir aniqligi FHD+ formatidagi (2460x1080 piksellik) OLED-displeyga ega. Snapdragon 765G protsessorli bu gadjetini kompaniya 6, 8 va 12 gigabaytlik tezkor hamda 64, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotira bilan chiqaradi. Devaysning kvadrokamerasi 64 + 8 + 2 + 2 megapiksellik sensorlardan iborat bo‘lsa, displeyning ortiga 32 megapiksellik selfi-kamera datchigi yashiringan.

Ekranosti kamerali birinchi smartfonning 4200 mA/soatlik batareyasi tezkor quvvatlana oladi. ZTE Axon 20 5G narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, yangiliklarni Terabayt.Uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!