May oyining eng kuchli smartfonlari

May oyining eng kuchli smartfonlari

Yoz oyi boshlandi deguncha, smartfonlarning "isitmasi oshishi" haqidagi muhokamalar ko'paya boshlaydi. Bilamizki, bugungi kunda Android mobil telefonlar yaxshi ishlashi uchun o'z kuchining ma'lum qismini qurbon qiladi va shu bilan birga u qizishni boshlaydi. Bu muammo uchun esa issiqlik tarqatilishi yagona yechim bo'lishi mumkin va bunday xususiyat geyming smartfonlaridagina mavjud. Shuning uchun ham ular oddiy flagman smartfonlardan ham yaxshiroq ishlaydi va shu sabab ular AnTuTu'ning may oyidagi smartfonlar reytingida yuqori o'rinlarni egallashgan.

Xitoyning telefonlar va boshqa qurilmalarning ishlashini tekshirish va ularni taqqoslash imkonini beruvchi AnTuTu dasturiy ta'minoti may oyining eng zo'r flagman smartfonlari top o'ntaligini e'lon qildi. Ro'yxatga ko'ra, 1,048,179 hisob bilan Black Shark 5 Pro smartfoni birinchi o'rinni egallangan. Undan keyingi ikkinchi va uchinchi o'rinlarni esa mos ravishda Red Magic 7 Pro (1,032,445) va Savior Y90 (1,020,942) band qilishgan va ularning uchchalasi ham Snapdragon 8 Gen 1 chipsetida ishlaydigan geyming smartfonlardir.

Uchchov smartfonlar ham o'z ustunliklariga ega. Masalan, Black Shark 5 Pro o'zining SSD+UFS 3.1 xotirasiga tayansa, Red Magic 7 Pro sovutish va issiqlik tarqatish xususiyatlari bilan maqtana oladi. Savior Y90 esa yuqoridagi ikkala qurilmaning xususiyatlari birikmasiga ega, lekin shunda ham u uchinchi o'ringa loyiq ko'rilgan.

Snapdragon chipsetli top uchlikdan keyingi to'rtinchi o'rinni MediaTek'ning Dimensity 9000 chipi bilan Vivo X80 smartfoni 1,013,845 hisob bilan egallashga muvaffaq bo'lgan. Top beshlik iQOO 9 smartfoni bilan yakunlanadi. Keyingi o'rinlarda esa iQOO 9 Pro, Vivo X80 Pro (Dimensity versiyasi), Vivo X Note, Vivo X80 Pro (Snapdragon versiyasi) va Motorola Edge X80 smartfonlari turibdi.

O'QING: Kutib oling – Honor 70 Pro va 70 Pro+

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.