Mayning eng tezkor smartfonini bilasizmi?

Mayning eng tezkor smartfonini bilasizmi?

AnTuTu benchmarki ekspertlari muntazam ravishda yangi mobil aloqa qurilmalarini sinovdan o‘tkazib boradilar. Har oyda jahonning eng samarali va tezkor platformasiga ega smartfonlari e’lon qilinadi. Bu ro‘yxatdan eng kuchli va ishonchli gadjetlar o‘rin egallaydi. Ortimizda qolgan may oyining xulosa hamda hisobotlari ham tayyor. Xo‘sh, Android smartfonlar orasida ayni paytda eng tezkori qaysi devays?

Xitoyning Weibo portalida taniqli benchmark tomonidan may oyidagi eng tezkor smartfonlar reytingi e’lon qilindi.

Mazkur ro‘yxatning eng yuqorisida joriy yilda taqdim qilingan OnePlus 6 flagmani turibdi. Bu smartfon samaradorlik bo‘yicha 274910 ball to‘plagan. 6.28 dyuymli, 1080x2280 piksel sig‘imli ekran matritsasi Super AMOLED. bosh kamera 16 megapikselli hamda 20 megapikselli sensorlardan tarkib topgan. Undagi 3300 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator Dash Charge tezkor quvvat olish texnologiyasi bilan ta’minlangan. Mazkur flagmanning yurtimiz bozorlarida 600 AQSh dollaridan sotilishi kutilmoqda.

O‘qing: Flagmanlar kushandasi -- OnePlus 6 taqdim qilindi

Ikkinchi o‘rin esa Smartisan R1 smartfoniga nasib qilgan. Smartisan R1 smartfoni korpusi shisha panel hamda alyuminiy romdan ishlangan. Devaysga 6,17 dyuymli, Full HD+ (2240 x 1080 pikselli) sig‘imli hamda tomonlari nisbati 18,7:9 o‘lchamli ekran tanlangan. Smartisan R1 smartfonidagi barmoq izi skaneri ekran ostiga joylashtirilgan. Smartisan R1 bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli bo‘lib, 12+20 sensorlardan tarkib topgan. Uning eng arzoni $550 dollardan sotiladi.

O‘qing: Xitoyda "inqilobiy", ilg‘or smartfon taqdim qilindi

Uchinchi o‘rindagi gadjet ham bizga yaxshi tanish -- Xiaomi Black Shark. Black Shark ekranining o‘lchami diagonaliga olti dyuymga teng, tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida – 2160x1080 pikselli. Umuman olganda, bu displey Razer smartfonidagi kabi – 120 gerslik kadr yangilanish chastotasiga ega. Shuningdek, u 550 kd/m2 darajada maksimal yorqinlikka egaligini alohida ta’kidlash o‘rinli.

To‘rtinchi o‘rindan oltinchi o‘ringacha bo‘lgan joylar Samsung hamda Xiaomi flagmanlari tomonidan zabt etilgan. Ular ham Qualcomm kompaniyasining yuqoridagi chipida ishlaydi.

Yettinchi o‘rinni esa geymerlarga mo‘ljallangan Nubia Red Magic mobilnigi egallagan. Huawei kompaniyasi ishlab chiqargan Kirin 970 chipiga ega flagmanlar esa kuchli smartfonlar o‘nligini yakunlab bergan.

Shu taxlit, Snapdragon 845 platformasi o‘zining ilg‘orligini isbot qila oldi va oqladi. U Android olamidagi yagona kristalli eng kuchli protsessor.

AnTuTu iyunda e’lon qiladigan eng tezkor smartfonlar reytingida sezilarli o‘zgarish bo‘lishini kutish mumkin. Boisi bu oyda barchaning diqqatini tortgan Xiaomi Mi8 flagmani birinchilik uchun kurash olib boradi. Barchasini biz bilan kuzatib boring!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.