MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

  •   DiMaX
  •  13746
  •  11.01.2018 13:18

MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

Zamonaviy flagman smartfonlarda turli innovatsion texnologiyalar, odamlar kutgan va kutmagan, hatto xayoliga ham kelmagan imkoniyatlar bisyor. Lekin, oddiy foydalanuvchi bularning necha foizini amalda ishlatadi, deb o‘ylaysiz? Ha, yashang – bu texnologiyalarning nari borsa yarmigina kundalik hayotda kerak bo‘ladi, amaliy foyda beradi. Xo‘sh, unda o‘rtacha insonning ehtiyojlarini qondirishga bemalol yetadigan smartfon qanday bo‘lishi kerak?

Bizningcha, odatiy smartfon o‘zida qo‘ng‘iroqlashish va yozishish qulay bo‘lgan telefon, kerakli ishlaringizni qayd etib boradigan va eslatib turadigan organayzer, hech qachon pand bermaydigan budilnik, yuqori aniqlikdagi kamera, shuningdek, kerakli fayllaringizni saqlash uchun to‘laqonli diskni mujassam etsa yetarli. Biz aynan shunaqa smartfonga duch kelib qoldik va u sizga ham ma’qul kelishiga ishongan holda, qisqacha tanishtirishga qaror qildik. Bu – O‘zbekistonga yangi kirib kelgan MDC brendining Grand rusumli qurilmasidir.

Flagman dizaynida!

Romsiz ekrani old panelni butkul qoplashi – bugungi kunda smartfonsozlikdagi eng urfga kirgan jihatlardan biridir. MDC Grand smartfonini yaratishda dizaynerlar ayni shu xususiyatga ham e’tibor berishgan. Gadjetni qo‘lingizga olganingizdanoq bu seziladi, shuningdek, vazni ham salmoqli ekani mazkur smartfonning yaratilishida yengil, arzon materiallar qo‘llanmaganidan dalolat beradi. Telefon o‘lchamlari 147x70x10 millimetrni, vazni esa 162 grammni tashkil etadi.

MDC Grand korpusining yuza tomonini deyarli butkul egallagan displey tepasida 2 megapikselli old kamera va boshqa tegishli datchiklar joylashgan, pastida esa moddiy «Uyga» tugmachasi yo‘q – u ham sensor tugmacha sifatida ekran paneliga integratsiya qilingan.

Orqa panelining yuqori qismida 8 megapikselli asosiy kamera, uning ostida fotochaqnoq, yanada pastda barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Pastki chap burchagiga yaqin joyda esa dinamik tirqishchalari ko‘zga tashlanadi. Korpusning yuqori qirrasida quloqchin uchun 3.5 millimetrlik tirqish hamda odatiy USB 2.0 porti joylashgan.


Jonli ekran

Yuqori texnologiyalarni o‘zida jamlagan MDC Grand smartfonining 5,5 dyuymli ekrani zamonaviy trendlarga ko‘ra ishlangan – tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Ekran sensori aniq va tezkor ishlashi e’tiborga loyiq.

HD texnologiyasi (1280x640 pikselli) sharofati bilan bu displey ranglarni juda yaxshi yetkazib bera oladi. Bunda kontrastning aniqligi, ekranga burchak ostida qaraganda ham ranglar o‘z tusini yo‘qotmasligini alohida ta’kidlasa arziydi.

Kuchli himoya ostida

Qurilmangizda saqlanadigan turli fayllar – hujjatlar, surat va videolavhalar, kontaktlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringizning xavfsizligi siz uchun qanchalik muhim? Ular turli tasodiflarga ko‘ra begona shaxsning qo‘liga tushib qolmasligi uchun smartfoningizni qanday himoyalaysiz?

MDC Grand bilan esa bu borada xavotirga o‘rin yo‘q, zero, unda smartfonni bloklashning, ichidagi ma’lumotlarni begonalardan himoyalashning bir qancha turi mujassamlashgan. Jumladan, zamonaviy va tezkor barmoq izi skaneri shaxsiy ma’lumotlaringiz daxlsizligini maksimal darajada ta’minlay oladi.

«Ichki dunyosi» ham yaxshi

Tashqi ko‘rinishi bilan birga, MDS Grand texnik xususiyatlariga ko‘ra ham o‘z narx toifasidagi smartfonlar orasida ajralib turadi. Unga 1.3 gigagers chastotada ishlovchi to‘rt yadroli MTK6580 protsessori o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 2, doimiy xotirasi esa 16 gigabayt hajmga ega. Agarda smartfonda ko‘proq suratga va videoga oladigan yoki uning xotirasida ko‘p fayl saqlaydigan bo‘lsangiz, buyam muammo emas – 128 gigabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkoni bor.

Ushbu telefonda ikkita SIM-karta joyi mavjud, uchinchi avlod – 3G uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy yo‘ldosh orqali navigatsiyaning GPS, AGPS, simsiz aloqa va ma’lumot almashish uchun esa Wi-Fi 802.11 b/g/n hamda Bluetooth 4.0 interfeyslari mavjud.

Smartfon ilg‘or Android 7 Nougat operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi, uning akkumulyatori  3000 mA/soat sig‘imga ega.

Demak, farqi faqat narxida!

Yuqorida ko‘rganingizdek, MDC Grand xususiyatlari o‘rta narx toifasidagi smartfonlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, O‘zbekistonda katta talab bilan, 943 000 so‘mdan boshlab  xarid qilinayotgan Xiaomi Redmi 4A modelidan MDC Grand smartfoni kamida o‘zining barmoq izi skaneri hamda ekrani bilan ustun, deganidir. Lekin... kutilmagan fakt – MDC Grand bor-yo‘g‘i 664 000 so‘mdan sotilmoqda!

Tag‘in, to‘lovni xohlasangiz naqd pulda, istasangiz plastik karta orqali, yoki xohishingizga ko‘ra biror onlayn to‘lov tizimi vositasida amalga oshirish imkoni mavjud. Ushbu smartfon sotuvga chiqarilgan onlayn do‘kon butun O‘zbekiston bo‘yicha eltib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘yganligi – yana bir imkoniyatdir.

Ayni damda ushbu smartfon tillarang va qora korpuslarda taqdim etilmoqda. Xo‘sh, MDC Grand – flagman qiyofali, ko‘p funksiyali smartfonga buyurtma berasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!