MDC Grand Pro – O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali 4G-smartfon

  •   DiMaX
  •  10212
  •  03.08.2018 18:50

MDC Grand Pro – O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali 4G-smartfon

O‘zbekiston smartfon bozoriga bugungi kunda bir qator yangi brendlar kirib kelishni boshladi. Ular dunyoga tanilgan mashhur smartfon ishlab chiqaruvchilaridan farqli ravishda sezilarli darajada arzon va narxiga nisbatan sifatli mahsulotlarni taqdim etishmoqda. Masalan, shu yilning avvalida O‘zbekiston texnika bozorida paydo bo‘lgan Xitoyning MDC kompaniyasi shu kungacha 5 ta hamyonbop modelni sotuvga chiqardi. U barcha modellariga 1 yillik rasmiy kafolat xizmatini ham yo‘lga qo‘ygan.

O‘QING: MDC Prime Lite – O‘zbekistondagi eng hamyonbop qo‘sh kamerali smartfon

Kompaniyaning kuni kecha do‘kon rastalariga chiqqan MDC Grand Pro modeliga esa yanada hamyonbop narx belgilangan – 590-595 ming so‘m. Lekin smartfonning texnik xususiyatlari anchagina yaxshi: 5,5 dyuymli HD IPS-ekran, 4G-aloqa, 4-yadroli protsessor, barmoq izi skaneri, qo‘sh kamera va boshqalar. Quyida ushbu gadjetning texnik jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Texnik xususiyatlari

O‘lcham va vazni

148.5x71.2x10.2 mm, 180 g.

Korpus materiali

Plastik

Displey

5.5 dyuym, 1280x640 piksel, 252 ppi, IPS, 2.5D TP Glass, Multitouch

Tarmoq

GSM B2/3/5/8 (GSM/GPRS/EDGE Class 12)
WCDMA850/1900 or 900/2100 optional  (HSDPA, HSUPA)
FDD-LTE  B1/3/7/8/20

Protsessor

Mediatek, MT6737, 4 yadroli,  1.3 GGs, Mali-T720 grafik tezlatgichi

Xotira

1 Gb + 8 Gb, 64 Gb.gacha microSD

Kamera

8 Mp+ 0.3 Mp asosiy, 5 Mp old kamera

Aloqa interfeyslari

Bluetooth 4.0 va Wi-Fi 802.11 a/b/g/n

Datchiklar

Barmoq izi skaneri, yorug‘lik sensori, akselerometr, yaqinlik sensori

Batareya

3000 mA/soat

Navigatsiya

GPS, AGPS

Narxi

590 ming so‘m

Kafolat xizmati

1 yil rasmiy kafolat

JAMLANMA

MDC Grand Pro modelining qutisida telefon, quvvatlash qurilmasi, kabel, quloqchin, silikon g‘ilof, ekran himoya shishasi, foydalanish yo‘riqnomasi va kafolat taloni o‘rin olgan.

DIZAYN VA KORPUS

MDC Grand Pro korpusi «Soft Touch» plastikdan ishlangan. Korpus atrofida ramkalar ancha baquvvat, orqa panel ochiladi. 2.5D shisha bilan himoyalangan old tomonning katta qismini 18:9 nisbatdagi ekran egallaydi, yuqorida mikrofon tirqishi va selfi-kamera joylashgan. Uzunchoq displey smartfonning qo‘lda qulay joylashishiga yordam beradi, ortiqcha hech narsa yo‘q. Korpus qismlari bir-biriga zich joylashadi.

Orqa tomonda esa ikkita kamera, uning chap yonida chaqnoq, o‘ng yonida esa barmoq izi skaneri joylashgan. Tubga yaqin yerda esa dinamikni ko‘rish mumkin. Orqa panel burma shaklda ishlangani bois smartfondan foydalanish qulaylashgan.

Ovoz balandligini sozlash va quvvat tugmasi korpusning o‘ng yon tarafida. Yuqorida 3.5 mm.lik quloqchin tirqishi va quvvatlash uchun microUSB-slot o‘rnatilgan. Pastki tarafda esa ovoz uchun mikrofon tirqishi bor.

Orqa korpusning ichki qismida batareya, ikkita SIM-karta va microSD-karta uchun bo‘lmachalarni ko‘rish mumkin.

MDC Grand Pro korpusining o‘lchamlari 148.5x71.2x10.2 millimetrni tashkil etadi, vazni esa 180 grammga teng. Xaridorlarga mazkur smartfon oq va qora rangli korpuslarda taklif etiladi.

DISPLEY

Shunday hamyonbop bo‘lishiga qaramay, Grand Pro smartfoniga 5.5 dyuymli (1280x640 piksel) IPS-ekran o‘rnatilgan. Displey himoya va sensor qatlamini birlashtiradigan hamda namoyish burchagini kattalashtiradigan Full Lamination texnologiyasi asosida tayyorlangan.

Displey parametrlarini uning sozlamalarida MiraVision texnologiyasi orqali sozlash mumkin. Ushbu menyu orqali ekran yorqinligi, ranglar to‘yinishi, kontrastni individual tarzda o‘zingizga moslashingiz yoki mavjud rejimlardan birini tanlashingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, qurilma hamyonbop smartfonlar segmentiga mansub bo‘lsa-da, ekran sifati yomon emas, ranglar bir tekisda ko‘rsatiladi, piksellar ko‘rinib qolmagan.

KAMERA

MDC Grand Pro’ga aniqligi 8 MP va 0.3 MP bo‘lgan ikkita asosiy kamera o‘rnatilgan. Ikkinchi kamera orqa fonni chaplashga (“boke effekti”) xizmat qiladi. Shuningdek, asosiy kamera fokus nuqtasini ham tanlash va orqadagi ob’yektni xiralashtirishi mumkin. Umuman olganda, 590 ming so‘mlik smartfon uchun juda yaxshi kamera tanlangan. Kamera interfeysida Panorama, FaceBeauty Mode, Blur va Standart rejimlarini qulay tanlasa bo‘ladi. Asosiy sozlamalarda esa yana bir qator manzara rejimlari ham mavjud. Bundan tashqari, kam yoritilgan sharoitda yorug‘likni oshirib tasvir sifatini kuchaytiradigan HDR rejimi ham ko‘zda tutilgan.

Sozlamalarda “Anti-shake” – ya’ni smartfon qaltirashiga qarshi opsiyani yoqish mumkin. Video maksimal HD formatida yoziladi.

Quyida MDC Grand Pro kamerasi orqali olingan suratlar namunalarini ko‘rishingiz mumkin:

Selfi-kamera aniqligi esa 5 megapikselga teng. Old va orqa kameralardan olinadigan tasvirlar sifatini raqamli formatda yaxshilaydigan texnologiya (EIS) orqali oshirish mumkin.

ALOQA INTERFEYSLARI

Qurilma GSM uyali aloqa standartining barcha diapazonlari, jumladan, 4G (LTE) tarmog‘ida (FDD-LTE B1/3/7/8/20) ham ishlaydi.

Simsiz aloqa interfeyslaridan Bluetooth 4.0 va WIFI 802.11 a/b/g/n standartlari qo‘llab-quvvatlanadi. Byudjet smartfonlar turkumiga kirganligi uchun ushbu modelda NFC moduli ko‘zda tutilmagan.

Ma’lumotlarni barmoq izi skaneri bilan himoyalash mumkin.

XOTIRA VA PROTsESSOR

MDC Grand Pro’ning ichki xotirasi 8 gigabaytni tashkil etadi. Shundan qariyb 4 Gb bo‘sh joy mavjud, qolgan qismini operativ xotira va tizim fayllari egallagan. Ichki xotirani microSD karta bilan 64 Gbgacha kengaytirish mumkin. Qurilma arzon smartfonlar segmentiga kiradi, shu sababli unga 1 Gb operativ xotira o‘rnatilgan. Model smartfondan o‘rta darajada foydalanadigan insonlarga mo‘ljallangan.

Qurilmadagi jarayonlarni 4 yadroli, ishlash chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan MediaTek MT6737 protsessori bajaradi. Tasvirlar esa Mali-T720 grafik tezlatgichi orqali qayta ishlanadi.

Telefon Android operatsion tizimining 7.0 versiyasida ishlaydi. Smartfonda katta hajmda bo‘lmagan o‘yin va ilovalardan bemalol foydalansa bo‘ladi.

BATAREYa

Smartfonga o‘rnatilgan batareya quvvati 3000 mA/soatga teng. Bu sizga kun davomida smartfondan faol foydalanishga imkon beradi.

MDC Grand Pro akkumulyatorining bitta to‘la quvvati naq sakkiz soatdan oshiq gaplashishga yetadi!

XULOSA

Agar sizga hamyonbop, nisbatan yaxshi kamerali, 4G tarmog‘ida ishlaydigan smartfon kerak bo‘lsa, unda MDC Grand Pro – ajoyib tanlov. Tezkor xotira kamligi rost, ammo modelning narxini hisobga olsak, bu katta nuqson emas. Ustiga-ustak, ushbu model smartfondan o‘rta darajada, asosan kundalik funksiyalardan foydalanadigan odamlarga mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, bu devaysning ekrani katta, unda kontentdan foydalanish qulay. Dizayni ham so‘nggi tendensiyalarga mos ishlab chiqilgan.

O‘QING: Bozorlarimizdagi arzon smartfonlarning narxlari va xususiyatlarini solishtiramiz

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Olcha.uz 590 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!