MDC Nova Pro: Face Lock funksiyali arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  2649
  •  09.11.2018 15:48

MDC Nova Pro: Face Lock funksiyali arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi

O‘zbekiston bozorida hamyonbop smartfonlari bilan tanilib ulgurgan MDC kompaniyasi yana bir zamonaviy arzon modelni sotuvga chiqardi. Nova Pro deb nomlangan yangi qurilma zamonaviy smartfon foydalanuvchisi uchun kerak bo‘lgan deyarli barcha asosiy funksiyalar bilan jihozlangan. U hozirda yurtimiz elektronika bozorlarida 725 ming so‘m atrofidagi narxda 1 yillik rasmiy kafolat bilan qora (Black Tornado) va oltin (Mystery Gold) rangli korpuslarda xaridorlarga taklif qilinmoqda.

O‘QING: Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

Smartfon dizayni sohadagi so‘nggi trendlar asosida ishlab chiqilgan. Dizaynning bejirimligi ishlatish ergonomikasi bilan yaxshi uyg‘unlashgan. Yirik ekran o‘rnatilganiga qaramay, qo‘lda juda qulay joylashadi. Unda kundalik foydalanish uchun zarur bo‘ladigan barcha ilova va funksiyalar mavjud.

MDC Nova Pro modeli Android 8.1 Oreo versiyasida ishlaydi, undagi Face Lock funksiyasi yordamida ekranni qiyofa bilan blokdan chiqarish mumkin. Bundan tashqari, barmoq izi skaneridan ham foydalansa bo‘ladi.

Telefonning korpusi mustahkam metalldan ishlangan, orqa paneli ko‘zga yoqimli teksturaga ega, chet qirralari ishlatish oson bo‘lishi uchun aylana shaklda. 18:9 nisbatdagi ekranning kattaligi 5.7 dyuym, HD+ aniqligida (1440x720 pikselli, 320 dpi). Asosiy kameraning aniqligi 8 megapikselli (HDR, Auto Focus), selfi-kameraniki esa 5 megapikselli; korpusning ikkala tomonidan LED-chaqnoq ko‘zda tutilgan. Bu esa yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham sifatli rasmlar olishga yordam beradi.

MDC Nova Pro ishlash chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida faoliyat yuritadi. Tezkor xotira hajmi 2 GB, ichki xotirasi 16 GB, shu bilan birga, qo‘shimcha tarzda unga 128 gigabaytgacha bo‘lgan microSD-karta o‘rnatish mumkin. Ushbu devays O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning texnik xususiyatlari:

Ekran: 5.7 dyuymlik, IPS (18:9, 1440x720 pikselli, 320 dpi);

Protsessor: Mediatek MTK6737, Cortex-A53, 1.3 GGs, 4 yadro;

Xotira: 2 GB tezkor, 16 GB ichki xotira (+128 GB gacha microSD qo‘yish mumkin);

Kamera: 8/5 MP, avtofokus, HDR, Beauty, Panorama, ikkita LED-chaqnoq;

Tarmoq: 2G – GSM850/900/1800/1900MHz; 3G – WCDMA 900/2100MHz; 4G – FDD (1/3/5/7/8/20);

Aloqa interfeyslari: Wi-Fi 802.11n, Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.0;

Akkumulyator: 3000 mA/soatlik;

Himoya: Barmoq izi skaneri; FaceLock;

Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo;

O‘lchamlari: 152x74x9.1 mm;

Vazni: 177 g.

O‘QING: Samarqandda MDC aksiyasi: smartfon xarid qilib, 16 GBlik fleshkani qo‘lga kiriting!

Ushbu brend yangiliklari bilan uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va rasmiy sayti orqali tanishib borishingiz mumkin:

Facebook: www.facebook.com/mdcmobileuzbekistan

Instagram: https://www.instagram.com/mdc_uzbekistan

Telegram: https://t.me/mdc_mobile_uzbekistan

Veb-sayt: www.mdc.store

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!