MDC Nova Pro: metall korpusli hamyonbop 4G-smartfon tez kunlarda O‘zbekistonda!

  •   DiMaX
  •  3388
  •  27.09.2018 12:27

MDC Nova Pro: metall korpusli hamyonbop 4G-smartfon tez kunlarda O‘zbekistonda!

O‘zbekiston bozorida o‘z qurilmalarining hamyonbopligi bilan ancha tanilib ulgurgan MDC kompaniyasi tez kunda yana bir arzon modelni sotuvga chiqaradi. Nova Pro deb nomlanuvchi bu model zamonaviy smartfon foydalanuvchisi uchun kerak bo‘lgan deyarli barcha asosiy funksiyalar bilan jihozlangan!

O‘QING: MDC Prime Lite – «Malika»dagi noodatiy «ekonom klass»

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, uning Nova Pro rusumli smartfoni 650 ming so‘m atrofidagi narxda, 1 yillik rasmiy kafolat bilan xaridorlarga taklif qilinadi.

MDC Nova Pro’ning orqa paneli metalldan ishlangan, tomonlari 18:9 nisbatdagi ekranining kattaligi esa 5.7 dyuymni tashkil qiladi (1440x720 pikselli, 320 dpi). 8 Mp aniqlikdagi orqa kamera va 5 Mp aniqlikdagi selfi-kamera ko‘zda tutilgan, har ikkala tomonda ham  LED-chaqnoq joylashgan.

Ushbu qurilma takt  chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida ishlaydi. Tezkor xotira hajmi 2, ichki xotirasining hajmi esa 16 gigabaytga teng. Shu bilan birga, unga 128 gigabaytgacha hajmli microSD-karta o‘rnatish mumkin.

MDC Nova Pro modeli Android 8.1 Oreo platformasida ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni barmoq izi bilan himoyalasa bo‘ladi. Bundan tashqari, yuz bilan blokdan chiqarish funksiyasi – Face Lock texnologiyasidan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Smartfonda kundalik vazifalarni (video-kontent ko‘rish, ijtimoiy tarmoqlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, musiqa va h.k.) bemalol bajarish mumkin. U O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘QING: MDC Grand Pro – O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali 4G-smartfon

MDC Nova Pro smartfonining texnik xususiyatlari:

Ekran: 5.7 dyuymlik IPS (18:9, 1440x720 piksel, 320dpi);

Protsessor: Mediatek MTK6737, Cortex-A53, 1.3 GGs, 4 yadro;

Xotira: 2 GB tezkor, 16 GB ichki xotira, (+microSD – 128 GB.gacha);

Kamera: 8/5 MP, har ikki tomonida LED-chaqnoq, avtofokus, HDR, Beauty, Panorama;

Tarmoq: 2G: GSM850/900/1800/1900MHz; 3G: WCDMA 900/2100MHz;  4G: FDD (1/3/5/8/40);

Aloqa interfeyslari: Wi-Fi 802.11n,  Wi-Fi Direct, Bluetooth 4.0;

Akkumulyator: 3000 mA/s;

Himoya: Barmoq izi skaneri;

Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo;

O‘lchamlari: 152x74x9.1 mm;

Og‘irligi: 177 g.

Xullasi kalom, bozorlarimizda va Terashop.uz’da yangi – MDC Nova Pro modelini kutamiz! Mazkur brendning boshqa ko‘plab rusumlardagi smartfonlarini esa allaqachon internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: MDC smartfonlarini endi Terashop.uz’dan xarid qiling – O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 13 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!