MDC Optima smartfoni yangi ranglarda sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  3085
  •  11.06.2018 16:50

MDC Optima smartfoni yangi ranglarda sotuvga chiqdi

Shu yilning boshida O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan MDC brendi bundan bir necha oy ilgari o‘zining metall korpusli MDC Optima modelini taqdim qilgan edi. Yaqinda esa elektronika bozorlarida ushbu modelning oltin va ko‘k ranglari versiyalari ham sotuvga chiqarildi.

O‘QING: O‘zbekistondagi yangi brenddan ikkita yangi smartfon!

Keling, ushbu qurilmaning ahamiyatli tomonlari haqida gaplashaylik.

Mustahkam bo‘lishini nazarda tutgan holda, ishlab chiqaruvchi MDC Optima modelini metall korpusda chiqargan. Korpusining o‘lchamlari 151.9x73.3x9.5 millimetrga, vazni esa 172 grammga teng.

Optima telefoni 5.7 dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlangan, uning ikki chekkasidagi romlari ensiz. Tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda – bunisi hozir urfga kirgan. Smartfonning displeyi Infinity display turida, uning tasvir aniqligi 1440x720 pikselli, ya’ni HD+ formatida. Ekranning ranglarni uzatishi juda yaxshi, qiyalatib qaraganda ham tasvir o‘z sifatini yo‘qotmaydi.

MDC Optima smartfoni 13 megapikselli modulga hamda LED-chaqnoqqa ega bosh kamera bilan jihozlangan. Selfi uchun esa 5 megapikselli old kamera ajratilgan.

MDC Optima devaysiga 1.3 gigagers takt chastotasida ishlovchi to‘rt yadroli protsessor o‘rnatilgan. Samaradorlikni ta’minlashda unga 2 gigabaytlik tezkor xotira yordamga keladi.

Smartfon sun’iy yo‘ldosh orqali navigatsiya uchun GPS/AGPS moduli, shuningdek, simsiz aloqaning Wi-Fi hamda Bluetooth interfeyslarini qo‘llab-quvvatlovchi modullar bilan jihozlangan. Uning quvvat manbai esa 3000 mA/soat sig‘imli batareyasi hisoblanadi.

MDC brendi ostidagi Optima smartfoni bugungi kun talablariga javob bera oluvchi, mustahkam aloqa vositasidir. U Android 7.0 Nougat operatsion tizim talqinida ishlaydi.

O‘QING: Bozorlarimizdagi arzon smartfonlarning narxlari va xususiyatlarini solishtiramiz

MDC Optima smartfonining texnik parametrlari:

Ekran: 5,7", IPS, 1440x720, multitach;

Protsessor: Mediatek MT6737, 4-yadroli, 1.3 GGs;

Grafik chip: ARM Mali-T720 MP2, 28nm;

Operatsion tizimi: Android 7.0;

Operativ xotira: 2 GB;

Ichki xotira: 16 GB;

Qo‘shimcha xotira: microSD;

Aloqa: GSM/WCDMA/LTE;

SIM-karta: nanoSIM + nanoSIM (kombinatsion slot);

Aloqa interfeyslari: Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.0;

Kameralar: asosiy – 13 Mp (chaqnoq, avtofokus, f/2,2); old kamera – 5 Mp;

Akkumulyator: 3000 mA/soat.

O‘zbekiston bozorlarida MDC Optima smartfonini 810 000 – 850 000 so‘m atrofidagi narxlarda xarid qilish mumkin. Ushbu brend o‘zining barcha mahsulotlariga bir yillik rasmiy kafolat berishini ham ta’kidlab o‘tish o‘rinli.

O‘QING: MDC Optima – metall korpusli 4G-smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!