MDC Prime Lite – bir million so‘mlik, HD-ekranli va qo‘sh kamerali smartfon!

  •   DiMaX
  •  11784
  •  16.01.2018 16:00

MDC Prime Lite – bir million so‘mlik, HD-ekranli va qo‘sh kamerali smartfon!

Smartfonsozlikda hozirgi kunda ommalashgan trendlardan biri – qurilmaning asosiy kamerasi qo‘shaloq ob’yektivga ega bo‘lishidir. Agarda shunday telefon o‘ziga xos dizaynli metall va shisha korpusda bo‘lsa, tag‘in to‘rtinchi avlod uyali aloqasi – 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlasa yanada yaxshi. Bordiyu shunaqa zamonaviy smartfonning narxi ham cho‘ntakbop bo‘lsa-chi?

Shunaqa ajoyib gadjetni arzon narxda taklif etuvchi smartfonsoz mavjud va biz avval ham uning bitta telefoni haqida xabar berganmiz.

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

Xullasi kalom, bugun sizga tanishtirmoqchi bo‘lganimiz – MDC brendi ostidagi navbatdagi model Prime Lite deb nomlangan. Keling, uning xususiyatlariga birma-bir nazar solamiz.

Metall ramkali o‘zgacha dizayn

Smartfonning selfi-kamerasi uning old yuzasida, ekranning tepasida bo‘lishiga ko‘zingiz ko‘nikib qolganmi? Old kamerasi boshqa joyga o‘tkazilgan smartfonni hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz? Ana shunaqa o‘zgacha dizaynning barcha afzalliklariga MDC Prime Lite modelida guvoh bo‘lishingiz mumkin. Axir, uning old kamerasi old panelning pastida, chap burchakda joylashgan!

Shuning evaziga ekranning yuqorisi hamda ikki yon chekkalari romsiz dizaynga ega. Displeyning tepasida yorug‘likni aniqlash va yaqinlashuv datchiklari, shuningdek, suhbatlashuv dinamigi o‘rin olgan, xolos.

MDC Prime Lite ramkasi to‘liq metalldan ishlangan, bu esa hozirgi zamonda qurilma mustahkamligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning orqa panelida asosiy kameraning tikka joylashgan ikkita moduliga ko‘zimiz tushadi. Ulardan chap tomondagi LED-chaqnoq esa kam yoritilgan sharoitlarda ham ajoyib suratlar olishga imkon beradi.

Korpusning yuqori qirrasida an’anaviy 3.5 millimetrlik quloqchin tirqishi o‘rin olgan. Pastki qirrasida bo‘lsa odatiy USB 2.0 porti hamda dinamiklar joylashgan. O‘ng qirrasida bo‘lsa smartfonni o‘chirish-yoqish hamda ovozni balandlatish-pastlatish tugmachalari qo‘lga qulay tarzda joylashtirilgan.

Darvoqe, telefonning o‘lchamlari 138x73.2x8.6 millimetrni, vazni esa 160 grammni tashkil etadi – kaftingizga shunday ajoyib o‘rnashadiki, buni so‘z bilan ta’riflash qiyin!

HD sifatli IPS-displey – kinoteatr kaftingizda!

Smartfonning foydalanuvchi bilan bevosita muloqotda bo‘luvchi muhim qismlaridan biri, shubhasiz, uning ekrani hisoblanadi. Shu sababli ham ishlab chiqaruvchilar qurilmaning mana shu jihatiga alohida e’tibor qaratishadi.

MDC Prime Lite ham mana shu tamoyildan chekkada qolmagan – u diagonali 5.2 dyuymga teng IPS-displey bilan jihozlangan. Bu esa smartfonning o‘zidanoq elektron maktublarni o‘qish va ularga javob yozish, turli veb-saytlarni bemalol ko‘rish imkonini beradi.

Displeyning tasvir aniqligi esa HD formatida, ya’ni 1280x720 pikselni tashkil etadi. Bunaqa ekran burchak ostida ham yuqori sifatli suratlarni ranglari buzilmagan tarzda yetkazib bera oladi. Shuningdek, Prime Lite displeyi filmlarni va boshqa kontentni tomosha qilishga ham qulay – naq mobil kinoteatr, deysiz!

Qo‘shaloq kamera: dunyoga o‘zgacha nigoh

Xabaringiz borki, mobil suratkashlikda keyingi paytlarda urfga kirgan jihatlardan biri – orqa fonni xiralashtirgan va asosiy urg‘uni kerakli ob’yektga qaratgan holda portret rejimida rasmga olish imkoniyatidir. Bunga erishish uchun esa smartfonning asosiy kamerasi ikkita ob’yektivga ega bo‘lishi kerakli shartlardandir.

MDC Prime Lite smartfoni mana shu jihati bilan ham maqtana oladi – uning zamonaviy texnik ta’minoti tufayli eng maqbul sifatli fotosuratlar olishga hech qiynalmaysiz! «Jonli» selfilar qilish, ekranga bittagina teginish orqali kameraning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish – bular endi ancha osonlashdi!

Smartfonning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapikselli ikkita sensorni o‘z ichiga oladi. Old kamera datchigi ham zo‘r – 8 megapikselli bo‘lib, uning yordamida siz ajoyib selfilar tushirishingiz mumkin.

Ma’lumotlaringiz maxfiyligi mustahkam muhofazada!

Ushbu smartfonni xarid qilib, siz hamisha qo‘l ostingizda 16 gigbaytlik diskka ega bo‘lasiz – MDC Prime Lite ichki xotirasi aynan aynan shunday hajmga ega. Agarda buni kam, desangiz – microSD-karta yordamida uning xotirasini naq 128 gigabaytgacha kattaytirish imkoni mavjud.

Bunday diskka endi istagancha ma’lumotlar bemalol sig‘adi. Smartfon yordamida olingan suratlaru videolar, shuningdek internetdan yuklab olingan yoki USB 2.0 porti orqali ko‘chirib o‘tkazilgan musiqalar, kliplar va kinofilmlar – barchasini smartfoningizda saqlay olasiz.

Xo‘sh, bu kabi ma’lumotlaringizning maxfiyligini ta’minlash uchun siz smartfonni qanday usulda himoyalaysiz? Grafik kalit deysizmi, parol yoki kodli so‘zmi – bu usullarning barchasini MDC Prime Lite modeli qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, zamonaviy usul – barmoq izi skaneri orqali foydalanuvchi shaxsini tasdiqlash texnologiyasi ham bu smartfonga tatbiq etilgan. Uning daktiloskopik skaneri ekran ostidagi «Uyga» tugmachasiga integratsiya qilingan bo‘lib, juda aniq va tez ishlaydi.

Takomillashtirilgan texnik ta’minot

MDC Prime Lite smartfonining «ichki dunyosi», ya’ni texnik xususiyatlari ham anchayin ilg‘or. Unga 1.3 gigagers takt chastotasida ishlovchi to‘rtta yadroli MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Ikki gigabayt hajmga ega tezkor xotira bilan birgalikda u smartfonning samaradorligini ajoyib tarzda ta’minlaydi.

Ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilganligi evaziga bu devays uyali aloqaning 3G hamda 4G standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonga ikkita SIM-karta tushadi, u Android operatsion tizimining 7 (Nougat) talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Smartfon sun’iy yo‘ldosh orqali navigatsiya uchun GPS/AGPS moduli, shuningdek, simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11 b/g/n hamda Bluetooth 4.0 talqinlarini qo‘llab-quvvatlovchi modullar bilan ta’minlangan. MDC brendi o‘zining Prime Lite qurilmasiga 2750 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatgan.

Narxini aytmaysizmi, narxi...

Smartfon qora va moviy rangli korpusga ega talqinlarda foydalanuvchilarga taqdim etilmoqda. Quvonarli jihati – shuncha ilg‘or xususiyatlarga hamda o‘zgacha dizaynga ega bo‘lsa ham, MDC Prime Lite smartfoniga 1 mln so‘m atrofida narx belgilangan!

Shunday qilib, agarda o‘ziga xos dizayndagi metall va shisha korpusli, daktiloskopik skanerga va qo‘shaloq kameraga ega hamyonbop 4G-smartfon – MDC Prime Lite modelini poytaxtdagi elektronika bozorlaridan 1 mln so‘m evaziga xarid qilishingiz mumkin. Xullas, mazkur modelni xarid qilib, bir vaqtning o‘zida bitta o‘q bilan ikkita quyonni urgan bo‘lasiz: kam xarajat qilasiz, ammo sifatli smartfonga sohibiga aylanasiz!

Darvoqe, MDC Prime Lite smartfonining videotavsifini mana bu havola orqali Facebook-sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!