«MDH mamlakatlarida ham Tesla zavodlari paydo bo‘ladi» – Ilon Mask

  •   DiMaX
  •  592
  •  22.05.2021 17:18

«MDH mamlakatlarida ham Tesla zavodlari paydo bo‘ladi» – Ilon Mask

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask tez kunlarda Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlarida elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla fabrikalari paydo bo‘lishini ma’lum qildi. Bu to‘g‘rida Qalampir nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

«O‘ylaymanki, tez orada Rossiyada Tesla paydo bo‘ladi. Menimcha, bu ajoyib bo‘ladi. Shuningdek, Qozog‘iston, MDH davlatlariga ham e’tibor qaratish kerak. Bu biz uchun muhim, shuningdek, bizga Tesla’ni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar ham muhim», – degan tadbirkor.

Maskka ko‘ra, Tesla Rossiyani avtomobil zavodlari uchun mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Mask Tesla fabrikasi Xitoyning Shanxay shahrida faoliyat yuritayotganini va AQShning Kaliforniya va Texas shtatlarida uning filiallari qurilayotganini ta’kidlagan.

O‘QING: Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!