MediaTek Dimensity 1300 chipi taqdim etildi

MediaTek Dimensity 1300 chipi taqdim etildi

Katta shov-shuvlarsiz MediaTek kompaniyasi Dimensity 1300 chipini namoyish etdi. Taxminlarga ko‘ra, OnePlus Nord 2T yoki OnePlus Nord 3 qurilmalari ushbu chip bilan jihozlangan ilk smartfon bo‘ladi. 

Sakkiz yadroli chip olti nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘lib, unda to‘rtta Cortex-A78 (bitta Ultra yadro 3 gigagerts, uchta Super yadrolar 2.6 gigagertsda ishlaydi) va to‘rtta 2 gigagertsli Cortex-A55 yadrolari joylashgan. Asosiy protsessorga esa to‘qqiz yadroli Mali-G77 MC9 grafik protsessori yordam beradi. 

Dimensity 1300 chipi FullHD+ yoki 2520x1080 pikselgacha bo‘lgan 168 gerts chastotali displeylarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u 16 Gb 4266 Mbit/s LPDDR4X operativ xotira va UFS 3.1 doimiy xotira bilan bog‘lanadi. 

Chip 200 megapikselgacha bo‘lgan kameralarni qo‘llab-quvvatlaydi  hamda 4K HDR formatda videoga olishi mumkin. Hozircha ushbu chip birinchi bo‘lib qaysi smartfonga o‘rnatilishi aniq emas, biroq bu OnePlus Nord 3 bo‘lishi mumkin. Dimensity 1300 chipining unumdorligi Snapdragon 778G darajasida bo‘ladi.  

O‘QING: Snapdragon 7 Gen1 chipi chiqmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.