MediaTek Dimensity 8000 va 8100 chiplari taqdim etildi

MediaTek Dimensity 8000 va 8100 chiplari taqdim etildi

Dimensity 9000 chipi Qualcomm'ning flagman Snapdragon chipiga raqobatchi edi. MediaTek edi yana yangi raqobatchilar - Dimensity 8000 va Dimensity 8100 chiplarini taqdim etdi. 

Ikkala chip ham 5 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan hamda bir xil apparat ta’minotiga ega. Biroq Dimensity 8100 nisbatan yuqoriroq chastotada ishlay oladi. 

Shuningdek, Dimensity 1300 chipi ham e’lon qilindi. U o‘tgan yilgi Dimensity 1200 chipining yangi takomillashgan avlodi hisoblanadi. 

Ikki Dimensity 8000 va 8100 chilplariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular to‘rtta Cortex-A78 katta yadro va to‘rtta A55 kichik yadrolariga ega. Asosiy protsessor bilan birga Mali-G610 MC6 grafik protsessori ishlaydi. Ushbu grafik protsessor ARM'ning so‘nggi arxitekturasidan foydalanadi. 

Dimensity 8100'ning grafik protsessori Dimensity 8000 chipinikidan 20% ko‘proq unumdorlikni taqdim qiladi. 

GFXBench Manhattan testida Dimensity 8100 chipi 170 kadr/soniya, Dimensity 8000 esa 140 kadr/soniyada ishladi. 

Ikkala chip ham MiraVision 780 texnologiyasiga ega bo‘lib, FHD+ rezolyutsiyada 168Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Dimensity 8100 chipining bir farqi shundaki, u WQHD+ rezolyutsiyada 120Hz chastotani ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkalasida ham 4K AV1 video dekoderlari va HDR10+ adaptiv chastota (HDR10+ tarkibini atrof-muhit yorug‘ligi sharoitlariga moslash) mavjud.

Ikkala chipset ham 200 MGts gacha bo‘lgan tarmoq kengligi uchun ikkita tashuvchini birlashtirgan 5G modemlariga ega. Bu 4.7 Gbit/sekundgacha yuklash tezligini ta’minlaydi. Modem 5G+5G Dual SIM, Dual Standby rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Chip Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 tarmoqlariga ega. 

Dimensity 1300 esa avvalgi 1200 chipga o‘shaydi. Yangi chipining NPU samaradorligi oshgan bo‘lib, bu tungi rejim va sun’iy intellektli HDR'ning yaxshilanishiga sabab bo‘lgan. 

Dimensity 1300, 8000 va 8100 chipiga ega bo‘lgan smartfonlar 2022-yilning birinchi choragida taqdim etiladi. Katta ehtimol bilan ushbu smartfonlar birinchi bo‘lib mart oyida e’lon qilinadi. 

O‘QING: Poco X4 Pro 5G va Poco M4 Pro smartfonlari taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!