MediaTek Dimensity 820 namoyish etildi, bu chipli ilk smartfon – Redmi 10X ham rasman e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  1002
  •  18.05.2020 16:58

MediaTek Dimensity 820 namoyish etildi, bu chipli ilk smartfon – Redmi 10X ham rasman e’lon qilindi!

Tayvanlik smartfonsoz arzon 5G-smartfonlar uchun Dimensity 820 rusumli protsessor tayyorlayotgani haqida yozgandik. Bugun – 18 may kuni uning taqdimoti bo‘lib o‘tishidan tashqari, Xiaomi mazkur chipset bazasida ishlovchi ilk smartfonni ham e’lon qildi.

O‘QING: «Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

MediaTek Dimensity 820 chipseti Dimensity 800 protsessorining yaxshilangan varianti bo‘lib, samaradorligiga ko‘ra flagman Dimensity 1000 hamda o‘yinbop Helio G90 chipsetlarining orasidan joy olgan. 7 nanometrlik texnologiya asosida ishlab chiqilgan mazkur protsessor bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartada 5G tarmog‘ini qo‘llay oladi.

Protsessor energiya tejovchi to‘rtta Cortex-A55 yadrosi (2.0 GGs chastotali) hamda to‘rtta qudratli Cortex-A76 yadrosi (2.6 GGs chastotali), shuningdek, Mali-G57 grafik tezlatgichini hamda SA va NSA tarmoqlarini qo‘llovchi 5G-modemni o‘z ichiga olgan. podderjivayet podklyucheniya.

O‘QING: «Ikki karra 5G»da ishlovchi ilk flagman taqdimotdan avval sotilyapti!

MediaTek taqdimot marosimida ta’kidlashicha, Dimensity 820 protsessori ilk bora shu oydayoq taqdim etiluvchi Redmi 10X smartfonida qo‘llanadi. Ya’ni, bu – Redmi Note 9 modelining Xitoy bozoriga mo‘ljallangan versiyasi sifatida chiqishi kutilayotgan Redmi 10X 4G emas, balki eng yangi chipsetga ega hamyonbop 5G-smartfon ekan!

Xiaomi ham gapni cho‘zib o‘tirmadi: uning Redmi brendi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) yuqoridagi namoyishdan keyinoq Redmi 10X taqdimot kunini e’lon qildi!

Demak, kelasi seshanba – 26 may kuni MediaTek Dimensity 820 protsessorli ilk smartfon rasman namoyish qilinadi.

O‘QING: Taqdim etilmagan Redmi 9 modeli Xiaomi saytiga, Redmi 10X ikkalasi yana Geekbench’ga ham chiqdi!

Shuningdek, kompaniya Redmi 10X modelining AnTuTu benchmarkida 415 ming balldan oshiq natija ko‘rsatganini ham aytmoqda:

Qolgan xususiyatlariga kelsak, Redmi 10X to‘rt xil rangda chiqariladi, uning 6.53 dyuymlik displeyi 2340x1080 piksellik bo‘ladi. Ekran tirqishiga 13 MPlik old kamera joylanadi, bosh kamerasi esa 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga oladi. Ushbu smartfonni tezkor/ichki xotirasi 6/64, 6/128, 8/128 va 8/256 gigabaytlik modifikatsiyalarda sotishadi.

Redmi 10X 5G modelidan tashqari, 26 maydagi tadbirda yana uning MediaTek Helio G70 protsessorli 4G-versiyasini, shuningdek, yanada ilg‘or Redmi 10X Pro smartfonini ham namoyish qilishlari mumkin.

O‘QING: Redmi K30 va K30 Pro arzonlashdi, chunki Redmi X10, Redmi X10 5G hamda Redmi X10 Pro 5G tayyor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!